7-МAVZU: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi.
Reja :
1.Nafas a’zolarining umumiy tuzilishi
2.Nafas olish tizimi a’zolarning vazifasi.
3.Nafasning asosiy etaplari.
4. Nafas olish tizimi kasalliklari
Tayanch so’zlar va iboralar: nafas, xiqqildoq, traxeya, bronx, o’pka, alveola, atsenus, tashqi nafas, ichki nafas, upka ventilyaiiyasi, gazlar diffuziyasi, manfiy bosim.
Nafasning asosiy etaplari.
N afas — birinchidan protsesslar yig‘indisi bo‘lib, natijada organizm kislorod iste’mol qiladi va karbonat angidrid ajratib chiqaradi. Odam va yuksak hayvonlarning nafasi quyidagi protsesslarni o‘z ichiga oladi (1-rasm).1) tashqi muhit bilan o‘pka alveolalari orasida havo almashinishi (tashqi nafas, yoki o‘pka ventilyaiiyasi) ; 2) alveolyar havo bilan o‘pka kapillyarlaridan o‘tayotgan qon o‘rtasida gaz almashinishi (o‘pkadagi gazlar diffuziyasi): 3) gazlarning qon bilan tashilishi: 4) to‘qima kapillyarlarida qon bilan to‘qimalar o‘rtasida gaz almashinuvi (tuqimalardagi gazlar diffuziyasi) ; 5) hujayralarning kislorod iste’mol qilishi va karbonat angidrid ajratib chiqarishi nafas). Bu protsesslardan to‘rt guruxini, ularning boshqarilish mexanizmi va turli sharoitda o‘tish xususiyatlarini nafas fiziologiyasi o‘rganadi. Hujayradagi nafasni asosan bioximiya o‘rganadi, u to‘qimalardagi oksidlanish protsesslarini tekshiradi, ana shu protsesslarda xujayradagi energiyaga boy moddalar parchalanib ichidagi yashirin energiyani yuzaga chiqaradi.
Tashqi nafas.Tashqi nafas, ya’ni o‘pka alveolalari bilan tashqi muxit o‘rtasida havo almashinishi ko‘krak qafasining ritmik harakatlari natijasida yuzaga chiqadi. Nafas olinganda ko‘krak qafasi va ichidagi o‘pka hajmi kattalashadi, ayni vaqtda ulardaga bosim pasayadi va havo yo‘llari orqali o‘pka alveolalariga havo kiradi. Nafas chiqarilganda ko‘krak qafasining hajmi kichrayadi, o‘pka qisman puchayadi, ichidagi bosim ortadi va havo o‘pkadan tashqariga chiqadi. (1-rasm). Alveolalarda alveolyar qon bilan havo o‘rtasida gazlar almashadi. Nafas olish va chiqarish protsessida alveolalardagi qonning tarkibi beto‘xtov yangilanib turadi. Nafas olish paytida kislorodga boy havo alveolalarga kiradi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |