7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish
Download 1.03 Mb.
|
7-мavzu Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish. Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish problemasi balandda uchish va tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilishda katta amaliy ahamiyatga ega, 4000—6000 m balandlikda tog‘, yoki balandlik kasalligining simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bu kasallik og‘ir gipoksiya uchun xarakterli belgilar bilan ta’riflanadi. Odam maxsus ballonga ulangan niqobni yuziga tutib, kislorodga boy gaz aralashmasidan nafas olsa, kasalligi 11000—12000 m balandlikda ham ro‘y bermaydi. Kislorod qo‘shilmasa, odam bunday balandlikda tura olmasdi. Balandlikda kislorod etishmasligidan tashqari, qon va to‘qimalarda karbonat angidrid etishmasligi, ya’ni gipokapniya ham organizmga yomon ta’sir etadi.
Qonda kislorod etishmasliga karotid sinusi xemoretseptorlarini ta’sirlab, nafas olishni tezlatadi, natijada karbonat angidrid alveolyar havodan, demak, qondan ham chiqib ketadi shuning uchun gipokapniya vujudga keladi. Karbonat angidrid etishmasligi nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, shu sababli nafas olish organizmning kislorodga ehtiyojini qondiradigan darajada kuchaymaydi. Nafasga olinayotgan havoga ozgina (3% gacha) SO2 qo‘shilgach balandlik kasalligida organizm holati sezilarli darajada yaxshilanadi. Odamni mashq qildirib, past atmosfera bosimiga chidamini oshirish (masalan, uchuvchining «shaxsiy shipini» oshirish) baland tog‘ cho‘qqilariga chiqish, baland uchish va parashyutda sakrash munosabati bilan katta amaliy ahamiyatga ega. Uchuvchi va parashyutchilarni maxsus germetik barokameralarda mashq qildirib, juda balandda turishga o‘rgatiladi. Bu kameralarda havoni nasoslar yordami bilan tortib olib, turli balandliklarda bo‘ladigan bosimni vujudga keltirish mumkin. Mashq qilish natijasida organizmning past atmosfera bosimiga chidami oshadi va tekshirilayotgan kishi bosim hatto 316 mm simob ust. ga teng bo‘lganda ham (bu, 7000 m balandlikka mos keladi) nisbatan normal ish qobiliyatinn saqlab turadi. Juda balandda uzoq vaqt turilganda, masalan, baland tog‘li joylarda yashaganda odam kislorodning past parsial bosimiga o‘rganib qoladi (akklimatizatsiya). Bu, bir necha faktorga bog‘liq: 1) qondagi eritrotsitlar sonining ko‘payishi, demak, qonning kislorod sig‘imining ortishi; 2) o‘pka ventilyasiyasining kuchayishi; 3) kislorod etishmasligiga organizm to‘qimalari, jumladan markaziy nerv sistemasi sezgirligining pasayishi. Qon ishlanishining kuchayishi, shuningdek qon depolaridagi qonning umumiy sirkulyasiyaga ko‘proq qo‘shilishi natijasida eritrotsitlar soni ko‘payadi. Qonda eritrotsitlarning yosh shakllari — retikulotsitlarning buzilishi o‘z navbatida nerv markazlarining holatini yanada ko‘proq yomonlashtiradi, bu esa gipoksiyaiing og‘ir xillarida tez o‘limga olib keladi. Gipoksiyaning aytilgan turlaridan gipoksemik gipoksiya faqat past atmosfera bosimida uchraydi, sog‘lom odamlarda kuzatiladi va fiziologlar tekshiradigan hodisalarga kiradi. Gipoksiyaning qolgan turlari esa patofiziologlar va klinitsistlar o‘rganadigan patologik hodisalarga kiradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling