7-Mavzu: O‘lchashlar biligini ta’minlash tizimi va metrologik faoliyatning qonuniy asoslari (2 soat)


Download 202.08 Kb.
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi202.08 Kb.
#1055835
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Metrologik tekshiruv va nazorat.
O‘lchashlar birliligiga erishishning asosiy mexanizmi bo‘lib metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. (12-modda).
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati metrologiya sohadagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati asosi
“Metrologiya to‘g‘risida” qonuni va O‘Z RST 8.002 standarti bilan reglamentlangan. Ushbu hujjatlar bilan Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratining obyektlari, turi va ko‘rinishi o‘rnatilgan metrologik tekshiruvi va nazoratining obyektlari (13-modda) hisoblanadi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari (13-modda) hisoblanadi:

  • etalonlar;

  • o‘lchov vositalari;

  • moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;

  • axborot- o‘lchov tizimlari;

  • o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;

  • metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.

Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar. (14-modda)
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:

  • sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;

  • savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish;

  • zaharli, yengil alangalanuvchan. portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;

  • davlat mudofaasini ta’minlash;

  • mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;

  • sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;

  • geodezik va gidrometeorologik ishlar;

  • o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;

  • foydali qazilmalarni qazib olish;

  • milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari. (15-modda.)
Davlat myetrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;

  • o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;

  • o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;

  • o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash.

  • tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish. o‘lchov vositalarini va metrologiya

  • faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish,

  • ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati lisenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;

  • o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.


Download 202.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling