7-Mavzu: O‘lchashlar biligini ta’minlash tizimi va metrologik faoliyatning qonuniy asoslari (2 soat)
Download 202.08 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda) o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda "O‘zstandart" qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash tartibi qonunning 16-moddasida aniqlangan bo‘lib, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi, o‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni "O‘zstandart" amalga oshirishi, tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shartligi, boshqa davlatlarning o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etilishi belgilangan. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish (17-modda) tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati "O‘zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vostalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin. Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o‘lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi. 17-1-moddada ta’kidlanganidek, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin. O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi. Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan lisenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi 18-moddada ko‘rsatilgan. Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi 18-1-moddada yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar (19-modda). Download 202.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling