7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar


Download 1.12 Mb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#194612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Payvand

Ustma-ust birikma


Og’ma chokli uchma – uch birikma

Ulanishi lozim bo’lgan ikki detalning, masalan, ik­ki listning biri- ikkinchisi ustiga quyilib payvandlansa, ustma-ust birikma hosil bo’la­di. Bunday hollarda payvand chokning ko’ndalang kesimi uch­burchak shaklida bo’ladi va burchakli yoki valiksimon deb ataladi. Burchakli chokning to­monlari hamma vaqt ham tekis bo’lavermaydi. Uning shakli normal, botiq yoki qavariq bo’lishi mumkin (15-shakl). Qavariq chok detalning ulangan joy­idagi kesimini sezilarli dara­jada o’zgartiradi, bu esa, o’z navbatida, shu yerda kuchlanish­larning qo’shimcha to’planishi­ga sabab bo’ladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda, choklarning botiq bo’lgani yaxshi. Ammo choklarni botiq qilish qo’shimcha mehnat talab etadi. Shuning uchun aksariyat choklar normal shaklda tayyorlanadi.




Lekin o’zgaruvchan kuch ta`sir etadigan hollarda chokning botiq bo’lgani ma`qul. Chokning kateti (k) va balandligi (h) burchakli choklarni xarakterlovchi asosiy o’lcham­lardir. Qalinligi 3 mm dan katta bo’lgan listlar uchun katetning eng kichik qiymati 3 mm bo’lishi mumkin. Ko’pincha, k s va h=k sin 450 0,7 k bo’ladi. Listlarni ustma-ust payvandlashda chok­larni ta`sir etayotgan kuch yo’nalishiga tik qilib (16- shakl), parallel qilib (17- shakl) va ma`lum burchak hosil qilib (18- shakl) joylash­tirish mumkin, birinchi holda payvand chok ro’para chok deb, ik­kinchi holda - yonbosh chok, uchinchi holda esa qiyshiq chok deb ata­ladi.

Tajribadan ma`lum bo’lishicha, burchakli choklarning qanday joylanishidan qat`iy nazar, ular uchburchak to’g’ri burchagining bis­sektrisasi orqali o’tgan (m - m) kesim (16- shakl) bo’ylab ta`sir etuvchi urinma kuchlanishdan yemiriladi. Odatda, chokda urinma kuch­lanish dan tashqari, normal kuchlanish ham hosil bo’ladi. Lekin ning qiymati nisbatan kichik bo’lgani uchun chokni hisoblashda uning ta`siri e`tiborga olinmaydi.



Chokka ta`sir etuvchi kuch va kuchlanish uning hamma nuqtalarida ham bir xil bo’lavermaydi - detallarning bikrligi va chokning uzunligiga bog’liq bo’ladi. Ammo hisoblashni soddalashtirish maqsadida kuch hamma nuqtalarga teng ta`sir etadi va kuchlanish chok ke­simining hamma joyida bir xil bo’ladi deb qabul qilinadi (17­ shakl). . ­

Yonbosh chok (17- shakl) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

(24)







Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling