7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar
Payvand choklar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar
Download 1.12 Mb.
|
Payvand
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har xil po’lat detallardan tuzilgan va o’zgarmas nagruzka ta`sirida bo’lgan payvand birikmalar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar
- Plastmassadan tayyorlangan detallarni payvandlashning o’ziga xos xususiyatlari.
- Masalalar. 1-masala.
- Takrorlash uchun savollar
- Adabiyotlar
Payvand choklar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar
Payvand choklarni hisoblashning yuqorida keltirilgan formulalaridagi ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymati 7-jadvaldan olinadi. Agar detalga ta`sir etayotgan kuchlanish o’zgaruvchan bo’lsa, u holda jadvaldan olingan kuchlanish qiymatini koeffisientga ko’paytirish kerak. Bu koeffisient quyidagicha aniqlanadi: bu yerda K - kuchlanishlar konsentrasiyasining koeffisienti, uning qiymati 8- jadvalda keltirilgan; r - asimmetriklik koeffisienti. Har xil po’lat detallardan tuzilgan va o’zgarmas nagruzka ta`sirida bo’lgan payvand birikmalar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar 8-jadval
Payvand choklar uchun kuchlanishlar konsentrasiyasi koeffisientlarining qiymati. Plastmassadan tayyorlangan detallarni payvandlashning o’ziga xos xususiyatlari. Avvalo shuni aytish kerakki, asosan termoplastlardan tayyorlangan elementlargina payvandlash usuli bilan ulanishi mumkin. Umuman olganda, konstruksiyasi va payvandlash usullari jihatidan plastmassadan yasalgan detallarni payvandlash metall elementlarni payvandlashga juda o’xshash. Plasmassa detallarni ul`tratovush va yuqori chastotali tokdan foydalanib, shuningdek, bir-biriga ishqalash yo’li bilan payvandlash ham mumkin. Bundan tashqari, metallarda payvand chokning mustahkamligi detal` materialining mustahkamligiga deyarli teng bo’ladi, plastmassalarda esa chokning mustahkamligi detalnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Masalan, uchma-uch chokning qirqilish bilan egilishdagi mustahkamligi asosiy material mustahkamligining 65 prosentini, cho’zilishdagi mustahkamligi 75 prosentini, siqilishdagi mustahkamligi 85 prosentini tashkil etadi. Metallarni payvandlashda chok o’rnini bir necha ming gradusga qizdirish lozim bo’lsa, plasmassalar uchun 2000-3000S temperatura kifoya. Plastmassa payvand birikmalari quyidagi formulalar asosida hisoblanadi: uchma-uch choklar uchun P= ls (37) uchma-uch choklar uchun P= 0,7 kl (38) bu yerda P-nagruzka ; va payvandlanayotgan element materiallarning cho’zilishidagi va siljishidagi ruxsat etilgan kuchlanishlari; choklarning mustahkamlik koeffisienti (uchma-uch choklar bu koeffisient 0,7-0,75 qilib, ustma-ust choklar uchun esa 0,65 qilib olinadi). Termoreaktiv plastmassadan tayyorlangan detallarni payvandlash usuli bilan biriktirib bo’lmaydi. Shuning uchun bunday detallar yelimlash yo’li bilan biriktiriladi. Yelimlash usuli esa so’nggi yillarda sanoatda keng ko’lamda qo’llanila boshladi. Yelimlab biriktirish uchun,ko’pincha,sintetik samolar asosida tayyorlangan yelimlar ishlatiladi. Masalalar. 1-masala. Cho’zuvchi P =15600 kГ kuch ta`sirida va 21-shakldagidek qilib tayyorlangan payvand chokning uzunligi aniqlansin. Kichik listning eni b =80 mm; qalinligi s =10 mm ruxsat etilgan kuchlanish Ye ch i sh: chokning cho’zuvchi P kuchga bardosh bera oladigan umumiy uzunligini (29) ifodadan k=s ekanligini e’tiborga olib topamiz: l=2 lyon+lp= Masalaning shartiga ko`ra lp=b=80mm bo’lgani uchun: 2 lyon= l- lp=240-80=160mm bo`ladi .Demak, lyon=80mm 2-masala. eguvchi moment M =80000 kГsm, cho’zuvchi kuch P=1000kГ ta`sirida bo’lgan va 22-shakldagidek qilib tayyorlangan birikmaning mustahkamligini ta`minlovchi payvand chok o’lchamlari aniqlansin. Listning qalinligi s=12mm, eni b=200mm va ruxsat etilgan kuchlanish k/ Yechish: avvalo (30) ifodadan foydalanib, birikmaga faqat eguvchi moment ta`sir etadi deb faraz qilamiz-da, yon chokning taqribiy uzunligini topamiz: lyon= Chokning ishonchligini oshirish maqsadida lyon = 50mm deb qabul qilamiz. lyon va lp ni bilgan holda chokning umumiy mustahkamligini tekshiramiz. (29) ifodaga ko’ra (30) ifodaga ko’ra (31) ifodaga ko’ra esa bo’ladi. Demak, qabul qilingan uzunlik bo’yicha tayyorlangan chokning mustahkamligi qanoatlanarlidir. Xulosa: Payvand birikma deb – ikki detalni bir-biriga yuqori temperatura hosil qilib bir-biriga biriktirish tushiniladi. Payvand birikmalar ajralmas birikmalar turiga kiradi. Payvandlash ikki xilda olib boriladi: elektr yoyi yordamida payvandlash va kontaktlab payvandlash. Payvand choklar shakliga qarab, uchma-uch va burchakli choklarga bo’linadi. Shularni qayerda qo’llanishi haqida umumiy ma`lumotlarga ega bo’ldik. Takrorlash uchun savollar: Payvand birikmalar deb nimaga aytiladi? Payvandlash deganda nimani tushunasiz? Payvandlash usullarining turlarini sanab bering? Uchma-uch birikma deb nimaga aytiladi va ularni hisoblash qanday bajariladi? Ustma-ust birikmalar haqida tuliq ma`lumot bering? Kontaktlab payvandlash deb nimaga aytiladi? Payvand choklar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar qanday aniqlandi? Adabiyotlar: I. Sulaymonov “Mashina detallari” o’qituvchi. Toshkent. 1981 yil. M. N. Ivanov “Detali mashin” Moskva, “Mashina stroyeniye” 1984g. A. Juraev, M. Shukurov “Mashina detallari” Fan. Toshkent. 1999 yil. R. N. Tojiboev, M. M. Shukurov, I. Sulaymonov “Mashina detallari” kursidan materiallar to’plami. O’qituvchi. 1990 yil. R. N. Tojiboev, M. M. Shukurov “Mashina detallarini loyihalash” Fan. Toshkent. 1997 yil. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling