7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar
Kuch va moment ta’siridagi murakkab chok
Download 1.12 Mb.
|
Payvand
Kuch va moment ta’siridagi murakkab chok
formula asosida, ikkinchi holda esa τ=6M/2·0,7k l²+ P/2·0,7k l ≤[τ']. (33) formula asosida hisoblanadi. Kontaktlab payvandlash Listlar uchma-uch kontaktlab payvandlansa, chokning mustahkamligi listning mustahkamligiga teng bo`ladi. Shuning uchun bunday hollarda chokni alohida hisoblab o`tirishga hojat qolmaydi. Listlar kontaktlab ustma –ust ikki xil usulda payvandlanishi mumkin, bulardan biri nuqtaviy (24- shakl) , ikkinchisi lentaviy (25- shakl) payvandlash usullaridir. Nuqtaviy payvandlashda listlarning payvandlanadigan qismlari ustma-ust qo’yiladi va bir nechta nuqtasida o’zaro biriktiriladi. Bunda har bir nuqtaning diametri listning qalinligi s ga qarab tanlanadi, ya`ni s ≤ 3 mm bo`lsa, d=1,2 s + 4 mm qilib, s> 3 mm bo`lganda esa, d =1,5 s + 5 mm qilib olinadi. Odatda, nuqtalar orasidagi va qirralardan eng chetdagi nuqtalargacha bo`lgan masofalar quyidagicha qilib olinadi (24-shakl): t =3d; t1 = 2d, t2 = 1,5d. Bunday birikmalarning mustahkamligi nuqtalarning qirqilishi nazarda tutilgani holda hisoblanadi, masalan, τ= P/z·πd²/4·i≤[τ'],
Nuqtalar sonini va ularning diametrlarini o’zgartirish yo’li bilan istalgan mustahkamlikka erishish mumkin. _ Kontaktlab payvandlashning lentaviy turi listlarning biriktiriladigan qismlarida lenta shaklidagi chok hosil qilishdan iborat. Bunday chokdagi kuchlanish quyidagicha aniqlanadi: = [], (35) bu yerda b - payvand chokning eni; 1 -chokning uzunligi (25- shakl). Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling