7-mavzu: Psixosotsial salomatlik Reja


Shaxs psixologik salomatligining psixologik-pedagogik sharoitlari


Download 86.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi86.6 Kb.
#1498634
1   2   3
Bog'liq
7 Mavzu

 
3.Shaxs psixologik salomatligining psixologik-pedagogik sharoitlari 
Odatda bola taraqqiyotidan orqada qolish darajasi ma'lum xavf omillarida 
kutilganidan yuqori bo`ladi, bu esa bolalarning atrof-muhitga yuqori 
ta'sirlanuvchanligi to`g`risida guvohlik beradi.
Psixosotsial va biologik xavf omillarida adaptatsiya jarayonlari bir xil, chunki 
ular ham bular ham bosh miya funksiyalarini buzadi va uning ta'sirini o`zaro 
kuchaytirishi mumkin. 
Biz hisobga olgan psixosotsial sharoitlarni etiopatogenetik nuqtai 
nazardan 3 guruhga bo`lish mumkin: 
1. Bevosita ta'sir etuvchi yuklamalar (bolaga haddan ortiq talab yoki yaqin 
kishilaridan kutilmagan ayriliq) nerv tizimining kuchli qo`zg`alishiga olib keladi.
2. Kuchsiz yuklama, qo`zg`atuvchi va axborotning tanqisligi shaxs taraqqiyoti 
jarayonida uning bosh miya morfologik o`zgarishlariga qadar noto`liq 
differentsiatsiyalashuviga olib keladi. 
3.Nizoli vaziyatlar bosh miya funksiyalari buzilishiga ta'sir etmaydi, lekin 
bolaning noadekvat xulq ko`rinishlarini o`zgartirishiga yordam beradi. 
Eksperimental neyrobiologik va psixologik tadqiqotlar natijalari 
markaziy nerv tizimining buzilgan yoki jarohatlangan funksiyalari ajoyib jamlash 
(kompensatorlik) qobiliyatini namoyon etadi. (Prechtl H.F.R). Bundan ma'lum 
bo`ldiki, kompensator layoqati darajasi bolaning yoshi va atrofdagilar ta'siriga 
bog`liq ekan. Qadim zamonlardan terapiya inson organizmida jamlash uchun 
qobiliyatlarni faollashtirish va kuchaytirishga yo`naltirilgan. Bu esa yuklamalarni 
oshirish yo`li bilan o`tishi mumkin, chunki odamning mehnatga layoqati uning 


qo`shimcha yuklamaga chidamlilik layoqati ortishi bilan bir vaqtda kechadi. 
Ebbinghaus va Meumann o`zlarining trening nazariyasida ta'lim jarayonlarini 
tadqiq etish asosida, psixik funksiyalarni ham jismoniy (fizik) funksiyalar kabi 
mashqqildirish mumkin, bunda birgalikda ishtirok etish fenomeni katta ahamiyat 
kasb etadi, degan xulosaga kelishdi. Pedagogika, terapiya va reabilitatsiya uchun 
birday muhim bo`lgan, odamning jamlash layoqati, xususan, fizik va psixik 
funksiyalarga teng miqdorda yuklamani oshirish yo`li bilan mashqlantirish 
mumkin, ayniqsa, bu tarzda erishilgan yuklamaga chidamlilik va kompensatorlik 
layoqatlari orasida ma'lum bog`lanish mavjud, degan xulosa o`z-o`zidan kelib 
chiqadi. Bola tomonidan atrof-muhitga faol va muvaffaqiyatli moslashuv 
vositasida 
amalga 
oshiriladigan 
sog`lom 
o`z-o`ziga 
ishonch, 
undagi 
kompensatsiyaga ichki intilishning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun bolani tarbiyalashda uning individualligiga mos keluvchi va 
muvaffaqiyatga yordam beruvchi chidamlilikni namoyon etish zarur. 
Shunday qilib, alohida xavf omillarini tahlil qilish bioijtimoiy adaptatsiyaning 
umumiy qonuniyatlarini bilishga olib keladi. Salbiy sharoitlar va 
kompensatsiyalanuvchi omillarni to`g`ri baholash tufayli bolaning keyingi 
taraqqiyotini bashorat qilish mumkin. Bioijtimoiy adaptatsiya qonuniyatlarini 
bilish natijasidagina yuklamalarning nomuvofiqligi va ularni ko`tara olish 
layoqatida hayotiy jarayonlarning buzilish mexanizmlari tushunarli bo`lib qoladi, 
bu esa bolaning ham ichki boshqaruvini ham ijtimoiy xulq-atvor buzilishlariga olib 
kelishi mumkin. 

Download 86.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling