7-Mavzu: Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari Reja: Kirish Pul tizimi va uning mazmuni
Download 175 Kb.
|
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari-
4.Pul tizimi elementlari
Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi. Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir. Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi. Pul tizimining ikkita jihati mavjud: 1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir. 2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi. Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi 1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi. 2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976- 1978- yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi. 3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi. 4. Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. 1. Metall pul muomalasi tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Download 175 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling