7-Mavzu: Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari Reja: Kirish Pul tizimi va uning mazmuni


Download 175 Kb.
bet1/11
Sana18.12.2022
Hajmi175 Kb.
#1029797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari-


7-Mavzu: Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari


Reja:


1. Kirish
2. Pul tizimi va uning mazmuni
3. pul tizimi shakllar va ularning evolyutsiyasi, bimetalizm, monometalizm
4. Oltinga almashdigan kredit pullar tizimi
5. Pul tizimi elementlari
6. Bazi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari
7. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash yo’llari
8. Foydalanilgan adabiyotlar.

Tayanch ibora: pul bimetalizm, monometalizm
Oltin,kumush bank,kridit,birlik,tanga.
1. Kirish

Bozor munosabatlarining yuqori sur’atlarda rivojlanib borishi har bir sub’ektning pul, banklar, kredit va moliyaviy bozorlarning dastagi bo’lgan moliyaviy instrumentlar hamda ularda yuzaga keladigan o’zgarishlarga munosabati va qiziqishlarini kuchaytirib boradi. Chunki, bozor mexanizmi iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib tez o’zgarib, yangilanib turadi va shular asosida u mamlakat iqtisodiyotining har tomonlama rivojlanib borishi yo’nalishlarini belgilab beruvchi doimiy harakatda bo’lgan dastak hisoblanadi. Bizni doimo pulning to’lov yoki sotib olish qobiliyati yildan yilga oshadimi yoki pasayadimi? Ehtiyojimizdan ortiq pulimizni bankga omonotga qo’ysak u bizga har oyda yoki yilda necha foiz daromad beradi, mabodo ularni qimmatli qog’ozlarga qo’ysak – qaysi turdagi va qaysi emitentning qimmatli qog’ozlari bizga yuqori daromad berishi mumkin?
Bank kreditlarining foizi qancha, inflyatsiya yoki pulning qadrsizlanish darajasi qanaqa, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursi qanaqa va uning tez orada o’zgarishi bo’yicha qanday prognozlar mavjud kabi savollar qiziqtiradi hamda biz o’z – o’zidan bozor munosabatlarining faol ishtirokchilariga aylanamiz. Bu masalalar bozor munosabatlarining sub’ekti bo’lgan yuridik shaxslar faoliyatida har kuni echimini talab qiladigan vazifalardan hisoblanadi.Jahon iqtisodiy fanida o’z asarlari bilan mashg’ur bo’lgan iqtisodchi – olim Frederik S. Mishkin “Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi” kitobida shunday misol keltiradi.

1.Pul tizimi va uning mazmuni


XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining
rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi,
shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul
muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan
pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy
holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb
etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2.pul birligi;
3. baho masshtabi;
4. pulning turlari;
5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling