7-Mavzu: pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari


Download 44.18 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi44.18 Kb.
#1127195
  1   2   3   4
Bog'liq
6. PUL TIZIMI TUSHUNCHASI, SHAKLLARI VA ELEMENTLARI (1)


7-Mavzu: PUL TIZIMI: TUSHUNCHASI, SHAKLLARI VA ELEMENTLARI



  1. Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimining shakllari.

  2. Pul tizimining elementlari.

  3. Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari.

  4. Pul tizimining shakllari: bimetallizm; monometallizm; qog‘oz va kredit pullari tizimi.




  1. Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimining shakllari.



Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir.
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag‘lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag‘larining ikki turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o‘tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko‘rsatiladi:

  1. parallel valyuta tizimi - oltin bilan kumush o‘rtasidagi o‘zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi;

  2. qo‘shaloq valyuta tizimi - ikki metall o‘rtasidagi o‘zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo‘lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi;

  3. nuqsonli valyuta tizimi - metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo‘ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo‘lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi.

Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o‘zgarishlar yuz berdi:

  1. oltin tangali standart - to‘laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;

  2. oltin yombili standart - oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;

  3. oltin valyutali (oltin devizli) standart - pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.

Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.

1,2. Pul tizimining elementlari.


Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o‘rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko‘rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.


Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir.
Pul biriligi - konuniy tarzda urnatilgan pul belgisi bulib, barcha tovarlar baxosini uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Kupincha pul biriligi mayda bulinuvchi kismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda unlik bulinish tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AKSH dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va x.k)
Rasman baxolar masshtabi o‘zining iktisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to‘xtatilgandan so‘ng yo‘kotdi. 1976-1978 yilda o‘tkazilagan YAmayka valyuta isloxoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan pul ko‘rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog‘oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSH da muomalada kuyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashkari ’ kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 sentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. YAna eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘prok xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo‘shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo‘lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur chora- tadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo‘lib xizmat qildi.
YUzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘m- kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so‘m-kupon» 1 so‘m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
SHu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, samarali to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishga erishishga yo‘naltirildi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995 yili «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni va 1996 yili O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o‘sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi.

1,3, “Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari.


Tizim deganda o‘zaro bog‘liq elementlarning birligi tushuniladi.


Pul tizimi - bu bir biri bilan o‘zaro bog‘liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig‘indisidir.
Pul tizimi - bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to‘lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:

  1. Funksional jihat(aspekt) - pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig‘indisidir.

  2. Institutsional jihat - institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig‘indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi.

Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi

  1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to‘liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.

  2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik prinsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSH dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978- yillarda bo‘lib o‘tgan YAmayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo‘ldi, eng oxirgi davlat SHvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.

  3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.

  4. Pul aylanmasini nazorat qilish prinsipi

Pul tizimlari XUT-XUP asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo‘lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo‘lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog‘liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo‘lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo‘lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari. 2. Qog‘oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo‘ladi va pul-ning barcha funksiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog‘oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog‘oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo‘linadi.



Download 44.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling