7-mavzu: Qo’g’irchoq teatriga tayyorgarlik ko’rish va kerakli jihozlarni tayyorlashga o’rgatish {2 soat}. Reja
Download 168.39 Kb.
|
7-mavzu amaliy ijodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
7-mavzu: Qo’g’irchoq teatriga tayyorgarlik ko’rish va kerakli jihozlarni tayyorlashga o’rgatish {2 soat}. Reja: Qo’g’irchoq teatri va uning turlari haqida tushuncha berish. Qo’g’irchoq teatrlarini tashkil qilish va o’tkazishda bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olish. Qo’g’irchoq teatri uchun kerakli jihozlarni bolalar bian birgalikda tayyorlash. Ахloqiy-estetik sifatlar bolalada go’zallik haqidagi bilimlar, hayot voqieligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, o’zini tuta bilishni, muloqatga kirishuvchanlik, yaxshi-yomonni farqlash, o’z-o’ziga baho berish kabilarni tarbiyalash masalasini ichiga oladi. Inson hayoti o’z-o’zini anglashdan boshlab tarbiyalash masalasini o’z ichiga oladi. Inson hayoti o’z-o’zini anglashdan boshlab, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolatga erishuv jarayoni amalga oshishi tugallanadi” bolalar bog’chasida, аhloqiy tarbiya berishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Kichik, o’rta, katta guruh bolalari uchun sodda elementlar аhloqiy tushunchalar haqida ma’lumot berish; Har bir o’rgatilgan u yoki bu fazilatlar rasmlar, multfilm tasmalar, axborot kommunikativ texnilogiyalar vositalari va bolalarni jonli harakatlari orqali tushuntirish; Bola doimiy ravishda “ nima yaxshi”, “nima yomon ” ma’nosini anglab o’z fikrini sodda bayon etish Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish, ularning qo’g’irchoq o’yinlarini qilishdan maqsad: Bolalar uchun ijodkorlik, faollikni taminlovchi shart-sharoit yaratish; Teatr ko’rish odobiga o’rgatish; Teatr tomoshalari jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishdagi uzviylikni taminlash; Xalq yaratgan boy merosimizga bo’lgan muhabbat hissini uyg’otish; Qo’g’irchoq teatrini ota-onalar bilan hamrohlikda tashkil qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Har bir qo’g’irchoq teatri bolaning ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi: Qo’g’irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolalning yosh va bilim saviyasiga mos bo’lsa, bolada butun vujudi bilan uni va unga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi; Kuzatishlarimizdan ma’lumki, ayrim bolalarda ertak qahramoniga nisbatan ruhi tetiklik yoki qo’rqish, nafrat, ko’ziga yosh olish yoki8 kulib yuborish kabi emotsional holatlar namoyon bo’ladi; Qo’g’irchoq teatri yakunida o’tkazilgan suhbatda bolalar qo’g’irchoq teatrida ko’rganlari haqida qiziqish va xursandchilik bilan qo’g’irchoq teatrini doimo ko’rishga hohish bildiradilar. Topshiriqlar Download 168.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling