7-mavzu. Qog`oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi
Download 119.32 Kb.
|
7-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kitoblarni tuzatish.
- Asosiy adabiyotlar
Maktabda muqovalash ishlari. Kitobni qo‘lda muqovalashga aloqador barcha amaliy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qo‘lidan bemalol keladi. Muqova ishlarini bajarishda o‘quvchilar qog‘oz va kartonga ishlov berish (egish, qirqish), kartonga qog‘oz yopishtirish, ayrim-ayrim varaqlarni yopishtirish kabi malakalarini mustahkamlaydilar.
Ular kitobga muqova qilish usullarini o‘rganib, egallab borar ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri haqida bilim olib, muqovasozlik ishining asoslari bilan tanishadilar. Muqova ishlash ishiga aloqador kasblar bilan tanishadilar. Bundan tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga nisbatan tartiblilik bilan munosabatda bo‘lish singdiriladi. Muqova yasash ishlarini bajarish jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o‘lcham olish, qirqish va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblarni tuzatishda ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi. Kitoblarni tuzatish. Zararlangan sahifalarni tiklash, yirtilgan joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, to‘g‘rilash va sahifa burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalarni mustahkamlash, yamoq solishdan iboratdir. Kitobni ta’mirlash ishlarida odatda un kleysteridan foydalaniladi. Sahifa yirtilgan bo‘lsa, yirtilgan joylarning cheti nam tampon bilan to‘g‘rilanadi, so‘ngra yelim surtib, yirtiq bo‘ylab o‘ng va chap tomonidan shaffof qog‘oz tasmasi qo‘yiladi. Kitob sahifalarining buralib ketgan, ammo hali pishiq bo‘lgan uchlari nam tampon bilan to‘g‘rilanadi va so‘ngra og‘ir buyum bilan bostirib qo‘yiladi. Siyqalanib ketgan burchaklar ikkala tomondan mustahkamlanadi. Sahifaning yopishmagan qismi yamoq solib to‘ldiriladi. Kitobni boshqa muqovaga qo‘shib, metall bilan mustahkamlanadi. Shundan keyin blokni muqova ichiga qo‘yib, muqova yopiladi va blokning joylashishi tekshiriladi. Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng oraliqda, taxminan 3 mm muqova ichiga kirib turishi kerak. Muqovani old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va orqa tomondagi forzats qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu operatsiya old tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi. O‘qituvchi buyumni namoyish qilar ekan, uni tayyorlash uchun qanday material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material o‘lchami, ishni bajarish tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi. O‘zlariga tanish ishlarni o‘quvchilar mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida bajaradilar. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish maqsadida ular materialni o‘lchash va hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil bajarganlari ma’qul. O‘qituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda sanitariya-gigiena, xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak. Кitob uchun muqova tayyorlash O‘qituvchiga tavsiya: Kitob insonlarning ma’naviy bilim oladigan va dunyo bo‘ylab qadr-qimmatini yo‘qotmaydigan vositadir. “Kitob mening do‘stimsan”, “Kitob bilim manbayi” kabi naqllar bejiz aytilmagan. Necha asrlar davomida kitob insonlarga ziyo tarqatadi. O‘quvchining darsliklari ham ana shunday bilim beruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Kitoblar insonlarga ko‘p yillar davomida xizmat qilishi uchun ularni asrab-avaylab foydalanish kerak Savollar 1. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari qanday? 2. Kartonning turlari va xususiyatlari qanday? 3. Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari? 4. Qog‘oz bilan ishlashda qanday asboblardan foydalaniladi? Asosiy adabiyotlar: 1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil. 2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU. 2007-yil. 3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar. O‘quv-metodik qo’llanma. T.: Navro‘z. 2013-yil. Download 119.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling