7-mavzu. Qog`oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi


Download 119.32 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi119.32 Kb.
#1623014
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-maruza

Rasm qog‘ozi – ikki xil nomerli bo‘lib, selyullozadan tayyorlanadi. Oliy naviga 25% mato bo‘lagi qo‘shiladi. Chizmachilik chizishda shuningdek, qo‘l mehnati darslarida foydalaniladi.
Rangli va jiloli qog‘oz – mehnat darslarida keng qo‘llaniladi. Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog‘ozlar to‘plami chiqariladi.
Karton qog‘oz – karton deb 1 kv m 250 grammdan ortiq bo‘lgan qog‘ozga aytiladi.
Oq karton – uni qirqish oson, o‘zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko‘p shimadi (ko‘pincha yelimdan shishadi). Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mumkun.
Sariq karton – oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kulrang karton – oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kartonning bu turidan o‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton – bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash uchun qulay bo‘lgan karton turidir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari: rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, sathining xarakteri silliq, g‘adur-budurligi bilan tanishadilar. Ba’zi narsalarni tayyorlashda bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bolalar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarning asosiy xususiyatlari: yopishqoqligi, saqlanishi, yelimlashni o‘rganishlari kerak.
Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas, bolalar ularni osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar. Qog‘oz va kartonga ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik barcha mehnat turlari bo‘yicha mehnat ta’limida keng qo‘llaniladi.
3-sinf o`quvchilari karton, uning turlari, tasnifi, muhim xususiyatlari, qo`llanishi va ishlov berish usullari to`g’risidagi ma`lumotlarini umumlashtirish uchun o`qituvchi mehnat darslarida turli metodlardan foydalanadi: aytib berish va tushuntirish, suhbatlar, ko`rsatib berishlar, kuzatishlar va eng oddiy tajribalar. Amaliy ishlar jarayonida kartondan turli buyumlar va ularning detallarini tayyorlashda o`quvchilar bularni bilib oladilar.
Turli amaliy maqsadlarda qo`llaniluvchi material sifatida karton to`g’risidagi ma`lumotlarni o`quvchilarga asta-sekin berib borish maqsadga muvofiq bo`lib, ular o`quvchilar bu material turlari, uning muhim xususiyatlari, qo`lda ishlov berish xususiyatlari, buyumlardan foydalanish sharoitlari to`g’risida tasavvurlarning to`planishiga qarab beriladi. Bunday ma`lumotlarni o`quvchilarga berish uchun materialni tanlashda o`qituvchi odatda o`quvchilarda to`plangan hayot tajribalaridan foydalanadi.
O`quvchilar odatda kartondan jildan, kitob muqovalari, qutilar, stol usti o`yinlar, poyabzal tayyorlashda qo`llanish, o`quv ko`rgazmalar tayyorlashda foydalanilishini eslaydilar. O`quvchilarga kartondan ishlab chiqarishda, qurilishda foydalanilishi, masalan asosi bitum shimdirilgan kartondan iborat bo`lgan tol va ruberoidning qo`llanishi to`g’risida hikoyalab berish foydali.
Ko`p tarqalgan karton turlari namunalarining sinf to`plamini birgalikda tuzish karton, uning qo`llanishi, asosiy turlari va xususiyatlari to`g’risidagi bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga yordham beradi. Vazifasiga ko`ra hamda karton tayyorlash tarkibi bo`yicha tizimlangan karton namunalarini to`plash alohida qiziqish kasb etadi. O`quvchilar e`tiborini kartonlarni qalinligi, zichligi, yuza pardozi, rangiga ko`ra tasniflashga qaratish muhim. Masalan, aytish mumkin: pressshpan – yuqori zichlik va mustahkamlikdagi karton, elektrokarton – silliq yaltiroq yuzali zich karton, rangli karton. Karton bilan umumiy tanishib chiqqach o`quvchilar ishlarni bajarish uchun karton tanlashga ongli yondasha boshlaydilar.


Karton xususiyatlarini o`rganish:


1 – kartonning sinf ko`rgazmali majmuasi; 2 – karton asosiy xususiyatlarini o`rganish uchun karton tarqatma namunalari to`plami

O`quvchilarga kartonning hamma turlari ham kichik maktab o`quvchilari kuchlari bilan ishlov berishga to`g’ri kelmasligini tushuntirish zarur. Masalan, mehnat darslarida nisbatan yupqa - qalinligi 1-1,5 mm bo`lgan kartonlardan foydalanish mumkin.


Kartonning ba`zi turlari, masalan pressshpan, poyabzal kartoni, elektrokarton, shunchalik yuqori zichlik va mustahkamlikka egaki, ularni nafaqat oddiy qaychi, bichish qaychilari bilan ham kesib bo`lmaydi. Boshlang’ich sinf o`quvchilariga kartonni chiziq bo`ylab pichoq bilan kesish operatsiyasi to`g’ri kelmaydi, chunki katta mushaklar kuchini talab etadi.
Karton to`plamini tuzishda qog’oz to`plamini tuzishdagidek namuna tanlash, joylashtirish va belgilashga bo`lgan yondashuv saqlanib qoladi



Download 119.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling