7-mavzu qurʼON, hadis, fiqh, aqida ilmlarining shakllanish tarixi


Download 36.58 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1788931
  1   2   3   4
Bog'liq
dinshuslik 7-mavzu


7-MAVZU

QURʼON, HADIS, FIQH, AQIDA ILMLARINING SHAKLLANISH TARIXI



Seminardan maqsad: Qurʼon, hadis, fiqh, aqida ilmlarining shakllanish tarixi haqida talabalarda atroflicha tasavvur hosil qilish.

Tayanch tushunchalar: aqida, Shariat, fiqx, Vahiy, Ansor, Hijrat, Rasul, Nabiy,

Uslubiy ko`rsatmalar:
Reja

  1. Qur’on - Islomning asosiy manbai va qadimiy tarixiy yodgorlik

  2. Hadislar va ularning Islomda hamda musulmonlar hayotida tutgan o’rni

§ 1 Qur’on - Islomning asosiy manbai
va qadimiy tarixiy yodgorlik

Qur’on suralari parcha-parcha holda Muhammad payg’abarga 22 yil (hijriy yil hisobida 23 yil) mobaynida vahiy qilingan. Eshituvchilar bu suralarni yod olib, ba’zilarini esa yozib olganlar.


«Qur’on» arabcha «kara’a»-o’qimoq, oddiy o’qish, shuningdek, ma’lum matnni ohang bilan o’qish, ya’ni «qiroat qilish», «Tilovat qilish» mazmunidagi fe’ldan, «o’quv», «o’qiladigan kitob» ma’nosini beradi.
Muhammad payg’ambar savodli kishi bo’lmaganligi uchun (Rasulullohning savodi bo’lmaganligi to’g’risida Qur’onning 7-al-A’raf surasining 156-oyatida «ar-rasul an-na-biy al-ummiy» degan so’zlarni uchratamiz. Bundagi «ummiy» so’zi «xat yozish va o’qishni bilmaydigan odam» deb tafsirlangan yoki 29-al-Ankabut surasining 47-oyatida: «Vo mo kunta tatlu ming qablihi min kitabin va lo tuxattuxu bi yaminaka», ya’ni «Bundan (Qur’ondan) oldin sen biror kitobni o’qimagansan va o’z qo’ling bilan xat yozmagan hamsan», deyilganki payg’ambar savodsiz ekanining aytilishi hyech kimga malol kelmasligi uchun vahiyni yoddan o’qigan, targ’ibot vaqtida musulmonlar ham uni yod olganlar. Qur’on suralarini to’la yodlab olgan musulmonlar ko’p bo’lgan va ular «huffoz al-Qur’on» (Qur’onni yod bilganlar yoki Qur’on hofizlari) deb yuritilgan. Abu Bakr hukmronligi davridagi janglarda ana shunday huffozlardan bir qanchasi halok bo’lgan. Ma’lumot-larga ko’ra, barcha suralarni to’la yod bilgan faqat 7 nafar kishi qolgan, boshqalari esa bir qism suralarnigina yod bilganlar, xolos. Muhammad payg’ambarga umrining oxirgi besh yili davomida kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit bitta suraning oxirinigina bilmagan, qolgan barcha suralarni yod olgan. U ko’pgina suralarni yozib borgan.
Binobarin, yana bir necha jangdan so’ng suralarni yod bilganlar qolmasligi va Qur’on matnini tiklash mumkin bo’lmay qolishi havfi yuzaga kelgan.
Shuni hisobga olib, xalifa Abu Bakr eng yaqin safdoshi Umar maslahati bilan 633 yilda Qur’on suralarini to’plab, dastxat (qo’lyozma) qildirish vazifasini Zayd ibn Sobitga topshirgan. U payg’ambar masjidida bu vazifani bajarishga kirishgan, ya’ni sahobalardan har biri o’zi bilan suralarni o’qigan, Zayd ibn Sobit esa yozib borgan. Har bir sura, parcha yoki oyatlar guruhini avval bir kishi o’qib, so’ngra ikkinchi kishi o’qiganda aynan mos kelsa, o’shani yozib olgan. Bu usul Qur’on sura, oyatlari aniq va ishonarli yozilishini ta’minlagan.
Bu to’plam Suxuf (sahifalar) deb nom olgan bo’lib, unda ja’mi 109 ta sura bo’lgan, ya’ni suxuf tarkibi to’la bo’lmagan. Chunki unda 1, 34, 41, 45 va 96-suralar hali mavjud emas edi. Oradan 17-18 yil o’tgach, ilgaridan o’z ixtiyori bilan suralar-ni yozib yurgan va alohida to’plam qilib olgan ayrim kishilar qo’lidagi nusxalar bilan, xaliflikning hokimiyatlarida (viloyatlarida) o’qish va ibodatlarda ulardan foydalanish kengayib borgan sari, Suxuf orasidagi tafovutlar sezilib qolgan hamda davlatni boshqarish, kelajakdagi xilma-xillik ma’lum muammolarni keltirib chiqarishining oldini olish zaruriyati tug’ilgan. Xalifa Usmon ibn Affon 651 yilda barcha dastxatlarni to’plab, taqqoslab chiqish va ular asosida Qur’onning yagona nusxasini tayyorlashga farmon bergan va o’zi bu ishga bevosita boshchilik qilgan.
Bu vazifani bajarish uchun, tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, 4 kishilik guruh belgilangan. Unga yana Zayd ibn Sobit rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yaxshi bilgan sahobalardan Abdulloh ibn az-Zubayr, Sa’d ibn al-Os, Abd ar-Rahmon ibn Xoris, ibn Xishom kiritilgan. Bu guruh barcha nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib taqqoslash asosida yagona nusxani tayyorlagan. Ilgarigi shaxsiy nusxalarning barchasi kuydirib yo’qotilgan. Yangidan dastxat qilingan yagona nusxa «Musxaf», aniqrog’i «Xalifa Usmon Musxafi» deb nom olgan.
Musxaf - qadimiy arab tilida pergament, ya’ni o’rama qog’ozni anglatgan. «Musxaf» kufa yozish usulida va saj’ shaklida (g’azal) yozilgan. Unga xalifa Abdul Malik (685-705 yy) va Iroq hokimi al-Xajjoj (694-714 yy.) davrida asos solgan. Asosan 697 yilda adib Abdul-Asvad ad-Duvaliy tomonidan harflarning ustiga va ostiga nuqtalar qo’yib chiqilib, Qur’onni o’qishdagi chalkashliklarga barham beril-gan. Lekin «Usmon Musxafida» bu nuqtalar yo’q edi.

Qur’on VII asrga oid qadimiy yodgorlik bo’lgani sababli ichki tuzilishi, yozilish uslubi, mazmuni, iboralari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan kitobdir.


-------------------------------


U 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Suralar «oyatlar to’plami» («oyatlar tizmasi») ma’nosini bildiradi. «Oyat» so’zi faqat Qur’oniy o’ziga xos ibora bo’lib «mo’jiza», «ilohiy belgi» ma’nosini anglatadi.
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz’» (o’zbekcha «pora») ga bo’lingan. Juz’ - keyinchalik Qur’on matnini o’qishga oson bo’lishi uchun teppa-teng 30 ga bo’linganligidan paydo bo’lgan.
Masalan. Qur’ondagi eng katta 2-al-Baqara surasi ikki poradan ko’proq, keyingi 37 ta kichik suralar jamlanib bir poraga kiritilgan.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki nozil bo’lgan vaqtiga, ya’ni muddatlar tartibiga qarab emas, balki hajmiga qarab joylashtirilgan. Bundan faqat bir necha sura mustasno. Masalan, faqat 7 ta oyatdan iborat 1-sura («Fotiha») oldinga joylashtirilgan, chunki bu sura mazmuni iymon uchun juda muhim hisoblanadi.
Suralardan 90 tasi Makka davrida va 24 tasi Madina davrida nozil bo’lgan. Qur’onda diniy-falsafiy tasavvurlar va rivoyatlar: qabila-urug’chilik hayot tarziga xos an’ana, urf-odat va marosimlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy qonun va qoidalar, jumladan, oila-nikoh, ajdodlar va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorisilik, savdo-sotiq va qarz muammolariga xos ko’rsatmalar o’z ifodasini topgan. Qur’onning insof, vijdon, halollik kabi ahloqiy ta’limotlari umumbashariy qadriyat hisoblanadi.
Qur’on xalq orasida uni yoddan o’qiydigan «qorilar» orqali keng tarqalgan. Lekin «qorilar» Qur’onning mazmuni bilan deyarlik shug’ullanmaydilar, ular faqat oyatlarni qiroat bilan o’qishga odatlanganlar.
Qur’onning mazmunini izohlash (tafsir qilish) bilan shug’ullanadigan ulamolar «mufassirlar» (ya’ni tafsirchilar) deb ataladi. Islomdagi «ahli sunna» (Sunniylar yo’nalishi) da 6 ta tafsirchi: at-Tabariy 838-924 yillar), as-Saolibiy (1036 yilda vafot etgan), az-Zamahshariy (1074-1143 yillar Xorazmdan), Faxriddin ar-Roziy (vafoti 1209 y.), qozi al-Bayzoviy (vafoti 1282 y.) va Jalolayn Shayx at-Tabarsiy (XIII asr) tafsiri eng obro’li sanaladi.
Qur’onda diniy-falsafiy dunyoqarash, iymon va e’tiqod asoslari undagi aqidalarda bayon qilingan.
Qur’onda sunniy yo’nalishdagi musulmonlar quyidagi 7 ta aqidaga e’tiqod qiladilar:



Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling