Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun, o‘ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy turmush, fan va boshqa shu kabi sohalarida to alohida olingan insongacha bo‘lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar ikki xil munosabatda mavjud bo‘ladi:
1. Sotsiental munosabatlar.
2. Ijtimoiy munosabatlar.
1. Sotsiental sotsiologiyada rivojlangan boshqaruvga, ijtimoiy tuzilmaga va institutlarga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy tizimlardagi munosabatlar va jarayonlarni ifodalash uchun ishlatiladigan atama1. Sotsiental munosabatlar tizimiga: jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya’ni, bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |