7-Mavzu: Sovet hukmronligi davrida davlatchilikning mustamlikachilik mohiyati. Reja


Sovetlarning qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati va uning mohiyati


Download 51.72 Kb.
bet4/6
Sana02.11.2023
Hajmi51.72 Kb.
#1739398
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-мавзу

Sovetlarning qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati va uning mohiyati.



1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli unitar (qo’shina) davlat bo’lib, unda rasmiy federasiya subyektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar. O’zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren respublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaragan edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o’z maqsad va vazifalariga bo’ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o’ta siyosiylashtirilib, o’zgacha fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi. 20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshilik bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda "18 lar guruhi", "inog’omovchilik", "qosimovchilik" kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan edi. Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringan mahalliy arboblarni tugatishga qaratilgan edi. Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho’qqisi 1937-39-yillarga to’g’ri keldi. 1937 yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O’Z KP (b) MQning "O’zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori e’lon qilingandan so’ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o’qituvchi kadrlar va talabalarni "tozalash" ishlari avj oldirib yuborildi. Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg’in va qatag’onlarga "xalq dushmanlari, chet el josuslari" - A.Ikromov, F.Xojayev va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi "odamlari" - Usmonov, Ro’ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo’xtonlar "asos" qilib olinib otib tashlanadilar. Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o’zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar. Millatning ilg’or taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi. Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida diniy e’tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta’qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bo’lib, jamiyatdan ularni siqib chiqarishga harakat qilingan. Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo’hna masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to’g’risida esa hatto so’z bo’ltshi mumkin emas edi. Bu davrda O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo’natildi. Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar. 20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la-to’kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma "yo’lboshchilarning” itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikrni kuch bilan bo’g’adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo’rlik bilan Vatanga sodiq necha o’n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibib qaror topdi va kuchaya bordi.




  1. Download 51.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling