Trilemmada berilgan masalaning uch xil yechimi haqida taxminiy fikr yuritiladi. Trilemma ham to‘rt turga bo‘linadi:
Oddiy trilemma
|
Trilemmaning turi
|
Formulasi
|
Oddiy konstruktiv trilemma
|
a → d, b → d, c → d
a Ú bÚ c
d
|
Oddiy destruktiv trilemma
|
а→b, a→c, a→d
ù b Úù cÚù d
ù а
|
Murakkab trilemma
|
Murakkab konstruktiv trilemma
|
а→b, c→d, m→n
a Ú cÚ m
b Ú dÚ n
|
Murakkab destruktiv trilemma
|
а→b c→d, m→n
ù b Ú ù dÚ n
ù a Ú ù cÚù m
|
|
|
|
Misollar:
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bevosita aloqador bo‘lsa, u qattiq jazolanadi.
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bavosita aloqador bo‘lsa, u yengil jazolanadi.
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga aloqador bo‘lmasa, u ozod qilinadi.
Tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga yo bevosita, yo bilvosita aloqador yoki mutlaqo aloqasizdir.
Demak, tergov qilinayotgan shaxs yo qattiq jazolanadi, yoki yengil jazolanadi, yoki ozod qilinadi.
Bu murakkab konstruktiv trilemma ko‘rinishidagi xulosa chiqarishdir.
Shartli-ayiruvchi xulosalash masalani hal qilishning bir necha uslullari mavjudligi va ularning har biri turli oqibatlarni keltirib chiqarishini aniqlab beradi. Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, bu oqibatlardan qaysi biri davlat va ulus manfaatlariga mos bo‘lsa, ya’ni «savobliroq yoki kam xatarli bo‘lsa», shunisi tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |