7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


I.Ayiruvchi xulosa chiqarish


Download 197.23 Kb.
bet34/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

I.Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslaridan biri ayiruvchi mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi.
Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi.
Masalan:
Tushunchalar hajmiga ko‘ra umumiy yoki yakka, yoki bo‘sh hajmli bo‘ladi.
Har bir umumiy tushuncha yo ayiruvchi, yoki to‘plovchi bo‘ladi.
Demak, tushunchalar hajmiga ko‘ra yo ayiruvchi, yoki to‘plovchi, yoki yakka, yoki bo‘sh hajmli bo‘ladi.
Ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarishda xulosa asoslaridan biri ayiruvchi mulohaza bo‘lsa, boshqasi oddiy qat’iy mulohaza bo‘ladi. Bunday xulosa chiqarishning ikki modusi bor: tasdiqlab-inkor etuvchi: modus ponendo tollens va inkor etib tasdiqlovchi: modus tollendo ponens
Masalan:

  1. Tushunchalar mazmuniga ko‘ra, konkret yoki abstrakt bo‘ladi.

Bu – konkret tushuncha.
Demak, bu – abstrakt tushuncha emas.

  1. Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy yoki murakkab bo‘ladi.

Berilgan mulohaza oddiy mulohaza emas.
Demak, berilgan mulohaza murakkab mulohazadir.
Ularning formulasi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Xulosa chiqarish shakli

Formulasi

sof ayiruvchi xulosa chiqarish

S - a Ú b Ú c
а - d Ú f
S - d Ú f Ú b Ú c

tasdiqlab-inkor etuvchi ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarish
modus ponendo tollens

р Ú q
р
q

inkor etib tasdiqlovchi ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarish
modus tollendo ponens

р Ú q
р
q

Ayiruvchi sillogizmda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  1. Ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar bir-birini inkor qilishi, hajmiga ko‘ra, kesishmasligi shart, aks holda xulosa xato bo‘ladi.

Masalan: Kitoblar qiziqarli yoki fantastik bo‘ladi.
Bu kitob qiziqarli.
Bu kitob fantastik emas.
Kitob ham qiziqarli, ham fantastik bo‘lishi mumkin. Bunda ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar bir-birini inkor etmaydi va hajmiga ko‘ra, kesishadi. Shuning uchun xulosa xato.

  1. Ayiruvchi mulohazada bir-birini inkor etuvchi muqobillar to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

Burchaklar o‘tkir yoki o‘tmas burchakli bo‘ladi.
Bu burchak o‘tkir burchakli emas.
Bu burchak o‘tmas burchaklidir.
Xulosaning xato bo‘lishiga sabab, ayiruvchi mulohazadagi muqobillar to‘liq ko‘rsatilmagan, ya’ni to‘g‘ri burchakning mavjudligi e’tibordan chetda qolgan.
Ayiruvchi sillogizmlardan ko‘proq bir necha yyechimga ega bo‘lgan masalalarni yyechishda, ya’ni muqobil holatlardan birini to‘g‘ri tanlab olishda foydalaniladi.

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling