7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Oddiy qat’iy sillogizmning II figurasi


Download 197.23 Kb.
bet30/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

Oddiy qat’iy sillogizmning II figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

  1. Katta asos umumiy mulohaza bo‘lishi kerak.

  2. Asoslarning biri inkor mulohaza bo‘lishi kerak.

  1. figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:

AEE-Camestres, EAE-Cesare, AOO-Baroko, EIO-Festino.
Masalan:
A. Hamma mulohazalar darak gap orqali ifodalanadi.
E. Savol darak gap orqali ifodalanmaydi.
E. Savol mulohaza emas.
Sillogizm II figurasidan faqat inkor mulohaza ko‘rinishida xulosa chiqariladi.
a) Oddiy qat’iy sillogizm III figurasining bitta maxsus qoidasi bor:
kichik asos tasdiq mulohaza bo‘lishi kerak.

  1. figuraning to‘g‘ri moduslari oltita:

AAI-Darapti, AII-Datasi, IAI-Disamis, EAO-Felapton, EIO-Ferision, OAO-Bokardo.
Masalan,
A. Hamma mantiqshunoslar faylasufdir.
A. Hamma mantiqshunoslar – ilmli kishilardir.
I. Ba’zi ilmli kishilar faylasufdir.
III figuraning xulosalari faqat juz’iy mulohazadan iborat bo‘ladi
Oddiy qat’iy sillogizmning IV figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

  1. Asoslarning biri inkor mulohaza bo‘lsa, katta asos umumiy mulohaza bo‘ladi.

  2. Katta asos tasdiq mulohaza bo‘lsa, kichik asos umumiy mulohaza bo‘ladi.

IV figuraning beshta to‘g‘ri modusi mavjud:
AAI-Bramalip, AEE-Camenis, IAI-Dimaris, EAO-Fesapo, EIO-Fresison.
Masalan,
A. Halol odamlarning hammasi vijdonlidir.
A. Hamma vijdonlilar adolatli kishilardir.
I. Ba’zi adolatli kishilar halol odamlardir.
Sillogizmning IV figurasi umumiy tasdiq mulohaza ko‘rinishidagi xulosani bermaydi.
Aristoteldan boshlab, barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslariga katta e’tibor berganlar. Ular I figurani mukammal deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar. Sillogizmning boshqa figuralarini nomukammal deb, ularning xulosalarini chin ekanligini aniqlash uchun I figuraga keltirish zarur, deb hisoblaganlar. Bu mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e’tibor beriladi:

  1. Modusning nomida «s» harfi bo‘lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan mulohaza to‘liq almashtirilishi shart (conversio simplex).

  2. Modusning nomida «p» harfi bo‘lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan mulohaza qisman almashtiriladi (per accidens).

  3. Modusning nomida «m» harfi bo‘lsa, unda sillogizm asoslarining o‘rnini almashtirish (metathesis yoki mutatio pramissarum) zarur.

  4. Moduslarning bosh harflari (B, C, D, G‘) ularni I figuraning qaysi modusiga keltirilishini ifodalaydi. II va IV figuralarning Cesare, Camestres va Camenes moduslari I figuraning Celarent modusiga keltiriladi. II figuraning Darapti, Disamis moduslarini I figuraning Darii modusiga, Fresission modusini I figuraning Ferio modusiga keltiriladi.

  5. Modusning nomidagi «k» harfi shu modusning I figura moduslaridan birortasi orqali alohida usul vositasida isbotlanishini bildiradi. Bu usul Reductio ad absurdum deb ataladi.

Endi bu qoidalarga asoslangan holda bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz:
II figuraning Cesare modusi I figuraning Celarent modusiga keltiriladi (4-qoida). 1-qoidaga ko‘ra II figuraning katta asosi to‘liq almashtiriladi.






II figura Cesare.



I figura Celarent

Xulosa asoslari


Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling