7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Sillogizm figuralari va moduslari


Download 197.23 Kb.
bet29/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

Sillogizm figuralari va moduslari


Oddiy qat’iy sillogizmning strukturasida o‘rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to‘rtta figurasi farq qilinadi.

  1. figurada o‘rta termin katta asosning subyekti, kichik asosning predikati bo‘lib keladi.

  2. figurada o‘rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo‘lib keladi.

  3. figurada o‘rta termin har ikki asosning subyekti bo‘lib keladi.

  4. figurada o‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning subyekti bo‘lib keladi.

Sillogizm asoslari oddiy qat’iy mulohazalar (A, E, I, 0) dan iborat. Bu mulohazalarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda (to‘plamda) kelishi modus deb ataladi. “Modus” – shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos moduslari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri moduslarini aniqlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga, har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos bog‘lanishi asosida aniqlanadi.
Oddiy qat’iy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

  1. Katta asos umumiy mulohaza bo‘lishi kerak.

  2. Kichik asos tasdiq mulohaza bo‘lishi kerak.

I figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
AAA-Barbara, EAE-Celarent, AII-Darii, EIO-Ferio.
Moduslarning birinchi harfi katta asosning, ikkinchi harfi –kichik asosning, uchinchi harfi xulosaning sifat va miqdorini ko‘rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida ularning har biri alohida nom bilan ataladi.
Masalan:
A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega.
A. Tafakkur qonunlari – ilmiy qonunlardir.
A. Tafakkur qonunlari obyektiv xususiyatga ega.
Sillogizmning I figurasida oddiy qat’iy mulohazalarning barcha turlari bo‘yicha xulosalar beriladi.

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling