7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Polisillogizm, uning turlari. Soritlar


Download 197.23 Kb.
bet32/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

Polisillogizm, uning turlari. Soritlar
Bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, ikki yoki undan ortiq oddiy qat’iy sillogizmlardan tuzilgan xulosa chiqarish – polisillogizm, ya’ni murakkab sillogizm deb ataladi. Polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta yoki kichik asosi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, polisillogizmning progressiv va regressiv turlari farqlanadi.
Progressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta asosi o‘rnida keladi. Masalan:
Insonni kamolotga yetishtiruvchi narsalar foydalidir.
Ilmni egallash – insonni kamolotga yetishtiradi.
Ilmni egallash foydalidir.
Hunar o‘rganish – ilmni egallash demakdir.
Demak, hunar o‘rganish foydalidir.
Regressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining kichik asosi bo‘lib keladi. Masalan:
O‘simliklar tirik mavjudotlardir.
Daraxtlar o‘simliklardir.
Tirik mavjudotlar hujayradan tashkil topgan.
Daraxtlar tirik mavjudotlardir.
Demak, daraxtlar hujayradan tashkil topgan.
Polisillogizm tarkibidagi birinchi, dastlabki sillogizm prosillogizm, qolganlari episillogizm deyiladi.
Polisillogizmning qisqartirilgan ko‘rinishi – sorit deb ataladi.
Soritning tuzilishi quyidagicha:
Hamma A-B.
Hamma B-C.
Hamma C-D.
Hamma D-E.
Hamma A-E.
Soritlar ham progressiv yoki regressiv bo‘ladi. Progressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning katta asosi tushirib qoldiriladi.
Regressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning kichik asosi tushirib qoldiriladi.
Sillogizmning kichik asosi tushirib qoldirilgan sorit – Arastu soriti, sillogizmning katta asosi tushirib qoldirilgan sorit – Goklen soriti, deb ataladi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Entimemaning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?

  2. Epixeyrema qanday tuzilgan?

  3. Polisillogizmning qanday turlari mavjud?

  4. Sorit qanday tuzilishga ega?

  5. Goklen soriti va Aristotel soriti bir-biridan qanday farq qiladi?


Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling