7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa
Download 197.23 Kb.
|
7.мавзу мантиқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa. REJA: 1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. 2. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari 3.To‘g‘ri muhokama yuritishning mantiqiy tamoyillari: fikrning aniqligi, izchilligi va etarli asosga ega bo‘lishi. 4.Mantiqilmining fanlar tizimidagi o‘rni.. 5.Tushunchalarning shakllanish va qo‘llanishi. Tayanch iboralar:Predmet belgisi, predmetlar sinfi, tushuncha, tushunchaning mazmuni, tushunchaning xajmi, tushunchaning turlari, tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish, tariflash, tasniflash,tushunchani bo‘lish. Ta’riflashning maqsadi va tuzilishi Kundalik muloqat tili ba’zi jihatlariga ko‘ra noaniq. Texnika adabiyotlari tili ham shu ma’noda muloqat tilidan hammavaqt ham yaxshi emas. Ba’zi mikroorganizmlarning hayvon yoki o‘simlik ekani, ba’zi kitoblarning e’tiborga loyiq yoki loyiq emasligi, ba’zi jamiyatning demokratiyaga mosligi, muayyan huquqlarga biz egamizmi yoki yo‘qmi ekanligini aniqlashning murakkabligi barchamizga ma’lum. Bunday so‘zlar shuning uchun ham noaniqki, ularning hajmi sezilmagan holda boshqa so‘zlar hajmiga o‘tib ketadi. Biz ishlatadigan so‘zlarning askariyati noaniqligi va shuning uchun boshqa kishining fikrlarini tekshirish vazifasini yo‘qqa chiqarishi ko‘p hollarda tafakkurimizdagi xatolarning mavjudligini taqozolaydi. So‘zlarning noaniqligiga qo‘shimcha yana ko‘p ma’noligi ham qat’iy tarzda to‘g‘ri fikrlash yo‘lida xavf tug‘diradi. Tanqidiy tafakkurdagi jiddiy xatolar muayyan kontekstda bir so‘zning ma’nosini boshqa, unga yaqin, lekin aynan bir xil emas so‘zning ma’nosi bilan almashtirish sababli vujudga keladi1. So‘zlarning noaniqligini kamaytirish mumkin, lekin hech qachon uni to‘la istisno qilish mumkin emas. Noaniq so‘zning konkret ma’nosi uni ishlatish kontekstida aniqlanishi mumkin. Masalan, Iisus (Iso) gapida: “Yig‘layotganlar huzur-halovatdadir, zero ular taskin topadilar”, degan fikrda “Yig‘layotganlar” so‘zi “haqiqatga tashna va chanqoqlar” ma’nosida qo‘llanilgan2. Download 197.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling