7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa
Oddiy mulohazalarning mantiqiy strukturasi (tarkibi, turlari)
Download 197.23 Kb.
|
7.мавзу мантиқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy mulohaza
- Oddiy mulohazalar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga
2. Oddiy mulohazalarning mantiqiy strukturasi (tarkibi, turlari)
Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega – subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subyekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Mulohazaning subyekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Termin (lot. terminus – chegara, nimaningdir yakuni) – 1) keng ma’noda, tabiiy tilda real yoki abstrakt predmetni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi; 2) fanda termin – u yoki bu fan doirasida predmetlarni belgilash uchun faqat bir ma’noda qo‘llaniladigan so‘z yoki so‘z birikmasi; 3) mantiqda termin – so‘z, universum predmetlari uchun nom, mulohazaning subyekt va predikatini, sillogizmning asoslaridagi elementlarni belgilash uchun qo‘llanadi. Mantiqda termin obyektlar sinfini (faqat bir elementdan tashkil topgan bo‘lsa ham) yoki berilgan obyektlarga xos bo‘lgan belgi yoki tavsiflar to‘plamini bildiradi. Birnchi yondashuv denotatsiya yoki terminning hajmi deb, ikkinchi yondashuv konnotatsiya yoki mazmun deb ataladi. Mazmun va shakl terminning har xil jihatlari bo‘lib, o‘zaro bog‘langandir.6 Har qanday mulohaza subyekt-obyekt shaklida ko‘rib chiqiladi. Mulohazaning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P. Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra, oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib bo‘lmaydigan mulohazadir. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin bo‘lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, “Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi”, degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. “Platon va Aristotel antik davr faylasuflaridir” – bu murakkab mulohaza. Oddiy mulohazalar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra, tasdiq va inkor mulohazalar farqlanadi. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq mulohazalarda belgining predmetga xosligi, inkor mulohazalarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «Mantiq falsafiy fandir» – tasdiq mulohaza, «Matematika ijtimoiy fan emas» – inkor mulohaza. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juz’iy mulohazalarga bo‘linadi. Bunda subyektda ifodalangan predmetlarning sonidan, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi. Yakka mulohazalarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: “O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir”, “Ahmedov tarixchi emas”. Umumiy mulohazalarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, «Har bir inson baxtli bo‘lishni xohlaydi» va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi». Juz’iy mulohazalarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan, «Ba’zi yoshlar tadbirkor», «Ayrim talabalar dangasa emas». Juz’iy mulohazalarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi», degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan mulohaza chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas. Xulosa qiladigan bo‘lsak, umumiy mulohazalar biron-bir konkret holatning mavjudligini shartlamaydi, juz’iy mulohazalar esa shartlaydi.7 Ma’lum ma’noda yakka mulohazalarni umumiy mulohazalar bilan tenglashtirish mumkin. Chunki har ikki mulohazada ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. Yakka mulohazalarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi. Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: Download 197.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling