7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa
Download 197.23 Kb.
|
7.мавзу мантиқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-chizma O
3-chizma
I – Juz’iy tasdiq mulohazalarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan, «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi» degan mulohazaning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu mulohazada S ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-chizma). 4-chizma Yana bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi shifokorlar xirurgdir». Bu mulohazada S – shifokorlar, R – xirurglar, ba’zi – mavjudlik kvantoridir. Mulohazada subyekt to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi shifokorlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi shifokordir. Predikatning hajmi subyektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi (5-chizma). 5-chizma O – juz’iy inkor mulohazalarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu mulohazaning terminlari: S – yoshlar, R – hunarmand emaslar; ba’zi – mavjudlik kvantori. Mulohazaning subyekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Mulohazaning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-chizma). 6-chizma Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy mulohazalarning subyekti hamma vaqt taqsimlangan bo‘ladi, juz’iy mulohazalarda esa, taqsimlanmagan bo‘ladi. Predikatga kelganda, u faqat inkor mulohazalarda taqsimlangan bo‘ladi, tasdiq mulohazalarda taqsimlanmagan bo‘ladi40. Mulohazalarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to‘g‘ri tuzish va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Oddiy mulohazalarda terminlar hajmini quyidagi shakl orqali ifodalash uchun “+”, “–” belgilaridan foydalaniladi. Bunda “+” taqsimlangan, “–” taqsimlanmagan terminni bildiradi.
Download 197.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling