7-mavzu. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati
-chizma. Iste 'molchining optimal tanlovi
Download 136.5 Kb.
|
5-mavzu. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar Talab
7.8-chizma. Iste 'molchining optimal tanlovi
D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimum- lashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlaming maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruv- chi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. Xulosalar Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi - iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmi- ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, narxning talab va taklif hajmiga ta'siri hamda ulaming o‘zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoi- tida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilaming faoliyatini belgilab beradi. Talab - ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qo- mmiga muvofiq narxning o‘sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning o‘sishiga olib keladi. Shun- ing uchun narx (mustaqil o‘zgaruvchi) bilan talab (tobe o‘zgaruvchi) o‘rtasida teskari bogTiqlik mavjud. Talab ikki xil yo‘nalishda o‘zgaradi: biri talab hajmining o‘zgarishi boTib, talab egri chizigT bo‘ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o‘zgarishi boTib, talab egri chizig‘ining o‘zini o‘ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab siljitadi. Taklif ishlab chiqaruvchilaming bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori boTib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan bel- gilanadi, ammo aynan unga bogTiq emas, chunki zahira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar miqdoriga ta'sir ko‘rsatadi. Taklif bilan narx o‘rtasida to‘g‘ri bogTiqlik mavjud, narx- laming o'sishi taklifning o‘sishiga olib keladi va aksincha. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati - talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi. Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanat- lik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qili- nadigan tovarlaming o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bi- lan bogTiq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omil- lardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ish- lab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quwat- lami vujudga keltirish bilan bogTiq investitsiyalami amalga oshirish, shuningdek, yangi korxonalami qurishdan iborat. Xo‘jalik amaliyoti uchun bozor subyektlarining narx o‘zgarishiga boTgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluv- chanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchan- ligi ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan boTsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegi- luvchan bo‘lsa harakat bir tomonlama bo‘ladi. Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izoh- lanadi. So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlami iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlaming naflilik darajasining baho- lanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi. Asosiy tayanch tushunchalar Talab - pul bilan ta’minlangan, to‘lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlaming mavjud darajasida iste’molchilaming tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling