7-mavzu: ta’lim jarayonining mohiyati. Reja


-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy


Download 151.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana28.12.2022
Hajmi151.35 Kb.
#1071312
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
7-Mavzu pedagokika

35-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy 
etish
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad 
hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va 
o‘quv dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va 
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol 
toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani 
shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli 
kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida 
ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan 
foydalanishi mumkin. 


21 
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning 
boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, 
ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) 
va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda 
tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim 
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-
ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va 
ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling