7-mavzu: ta’lim jarayonining mohiyati. Reja
Download 151.35 Kb. Pdf ko'rish
|
7-Mavzu pedagokika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashq daftari
O‘quv-metodik majmua – darslik, mashq daftari, o‘qituvchi
uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. 24 motivatsion vazifa - bu vazifa o’quvchilarni ushbu fanni o’rganishga yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; axborot vazifasi o’quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni shakllantirish uchun o’rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi. muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi; rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat; o’qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo’lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko’rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko’zga tashlanadi. Mashq daftari – darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash hamda o’quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo’lgan didaktik vosita. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling