7-mavzu. Ta'Lim muassasalarining moddiy-texnik va o‘QUV-METODIK VOSITALARI BILAN Ta'minlanishi
Investitsiya-foyda olish maqsadida turli loyihalarga sarmoyalangan mablag‘
Download 42.58 Kb.
|
6-m Talim muassasalarining moddiy-texnik va o‘quv-metodik vositalari bilan taminlanishi
Investitsiyani ta'riflashning asosida uning o‘z-o‘zidan ortib boruvchi qiymat sifatidagi tushunchasi yotadi. U holda inson sarmoyasini ta'riflash nuqtai nazaridan, inson unga kiritilgan investitsiyalar natijasida ma'lum qiymatga ega bo‘lgan iqtisodiy ob'ekt sifatida ko‘rib chiqiladi. Ya'ni investitsiyalar kiritilmas ekan, inson sarmoya hisoblanmaydi, balki faqat muayyan salohiyatni o‘zida namoyon etadi xolos. Shu munosabat bilan inson salohiyatini insonga kiritilgan (ta'lim, sog‘liqni saqlash va tarbiyaviy) investitsiyalar to‘plami sifatida talqin etish mumkin. Inson faqat iqtisodiy faoliyat sub'ektiga aylanganda, ya'ni, unga kiritilgan investitsiyalar ishlay boshlab, foyda keltirgan taqdirda sarmoyaga aylanadi. Inson sarmoyasiga investitsiyalar (intellektual investitsiyalarning bir qismi yoki intellektual sarmoyaga investitsiyalar sifatida) – bu kelgusida xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan, alohida sarmoya egasining ham, umuman jamiyatning ham kelgusi daromadlari oshishiga xizmat qiluvchi xarajatlardir. Umuman olganda, inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiyalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: salomatlikni saqlab turish, umumiy va maxsus ta'lim olish xarajatlari; ish qidirish; ishlab chiqarishda kasbiy tayyorgarlik; bolalarning tug‘ilishi va ularni tarbiyalash, narxlar va ish haqi to‘g‘risida iqtisodiy ahamiyatli axborotni qidirish bilan bog‘liq xarjatlar va h.k. Joriy xarajatlar shu maqsadda amalga oshiriladiki, ushbu xarajatlar kelgusida daromadlarning yuqori oqimi bilan bir necha marta qoplanadi. Ta'kidlash joizki, inson sarmoyasi bilan moddiy sarmoya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik mavjudligiga qaramay, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Xususan, inson sarmoyasi qarz olishda ta'minot vazifasini o‘tay olmaydi, chunki u sotilishi mumkin emas. Inson o‘z xatarini taqsimlay olmaydi yoki diversifikatsiya qilolmaydi, moddiy sarmoya egasi esa buni amalga oshirishi mumkin. Inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiya ijtimoiy soha tarmoqlari bo‘yicha bo‘lish mumkin, buning oqibatida ta'lim sarmoyasi, salomatlik sarmoyasi va madaniyat sarmoyasi aniqlanadi. Bugungi kunda inson sarmoyasiga kiritiladigan investitsiyalarning ushbu turlariga juda katta e'tibor qaratilmoqda, chunki ular ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan hayotiy zarurdir. Ta'lim xizmatlari ichki va tashqi samaralar xususiyatiga ega. Ta'lim xizmatlarini iste'mol qilishda ichki samara shunga olib keladiki, yuqori ma'lumot kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan har bir inson boshqalarga qaraganda katta daromad olish va ta'limdan xususiy samarani oshirish imkoniyatiga ega. Bunday holatda tashqi (ijobiy) samara mehnat unumdorligi, YaIM hajmining o‘sish sur'atlarida, to‘g‘ri siyosiy qarorlarning qabul qilinishida o‘z ifodasini topadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, aynan inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiyot o‘sishining asosiy vositasiga aylanadi. Ma'lumki, YaIMning iste'mol uchun yo‘naltiriladigan ulushi, aslida, inson sarmoyasining rivojlanishini ta'minlovchi investitsion resurs hisoblanadi. Iste'mol ob'ektiga bog‘liq holda, butun aholi iste'molini ikkita yirik guurhga ajratish odatiydir – buyumlar iste'moli va xizmatlar iste'moli. Manfaatlar ham, xizmatlar ham aholi iste'moli ob'ektlari sifatida moddiy va ma'naviy tabiatga ega bo‘lish mumkin. Moddiy manfaatlar va xizmatlarga aholini moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste'mol buyumlari va xizmatlar (ozuqaga, kiyimga, yashash joyiga va h.k.) kirali. Ma'naviy manfaatlar va xizmatlarga esa odamni ma'naviy intellektual ehtiyojlarini qondiruvchi, masalan madaniyatga ehtiyoj ta'lim, ijodiy faoliyat, va h.k.larga ehtiyoj kiradi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta'limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5538-son Farmoni 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги «Халқ таълими бошқарув тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги ПФ-5538-сон Фармони Download 42.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling