7-mavzu. Ta'Lim muassasalarining moddiy-texnik va o‘QUV-METODIK VOSITALARI BILAN Ta'minlanishi
Davlat umumiy o‘rta ta'lim da pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxati
Download 42.58 Kb.
|
6-m Talim muassasalarining moddiy-texnik va o‘quv-metodik vositalari bilan taminlanishi
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta'lim muassasalari, jumladan ta'lim muassasalari ham ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko‘rsatishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqlidir – deya talqin qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq ta'lim muassasalari byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi tushum manbalari va uni sarflash yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ta'lim muassasalari vaqtincha bo‘sh turgan mulkini shartnoma asosida ijaraga berishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi 102-sonli Nizomga asosan tartibga solindi. Byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berish mumkinligi belgilangan. Ta'lim muassasalari ning vaqtincha foydalanilmayotgan binolari, inshootlari yoki ularning qismlari, asbob-uskunalari, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulki ijaraga berilishi mumkin. Ta'lim muassasalari maktabi hududidagi yer uchastkasi yuqorida ta'kidlangan nizomga asosan ijaraga berilmaydi. Ta'lim muassasalari balansida bo‘lgan mulkni uch tomonlama tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq beradilar. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etildi: xalq ta'limi muassasalarining ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin — xalq ta'limi muassasalarini rivojlantirishning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi; ta'lim muassasalari muassasasi rahbariga xalq ta'limi muassasalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini erkin tasarruf etish, shu jumladan jamg‘arma daromadlarining jami summasidan 10 foizini o‘z moddiy rag‘batlantirishi uchun yo‘naltirish huquqini taqdim qilgan holda xalq ta'limi muassasalari uchun jamg‘arma mablag‘laridan ustuvor ravishda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.
Download 42.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling