7-mavzu. Ta'Lim muassasalarining moddiy-texnik va o‘QUV-METODIK VOSITALARI BILAN Ta'minlanishi


Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi


Download 42.58 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi42.58 Kb.
#232232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-m Talim muassasalarining moddiy-texnik va o‘quv-metodik vositalari bilan taminlanishi

Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi

Ijara shartnomasi kamida bir yilga tuzilib, ijaraga oluvchi mol-mulkni soz holatda saqlashi, o‘z hisobidan joriy ta'mirlashi va mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni qoplashi shart.

Kommunal va foydalanish xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash miqdori, tartibi va muddatlari ijara shartnomasi bilan bir vaqtda tuziladigan balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi bitim bilan (bitim shartlari ijara shartnomasiga kiritilishi mumkin), kommunal va foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda tartibga solinadi. Elektr energiyasi, suv va gazni hisobga olish uchun zarur hisoblash priborlarini o‘rnatish shartnoma shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan unga ko‘rsatilgan xizmatlar haqining o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 74-sonli buyrug‘iga asosan esa ta'lim muassasalari byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlar smetasini shakllantirish va undan foydalanish me'yorlari belgilangan.

2019 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish jamg‘armasi)1 tashkil qilinmoqda.




Download 42.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling