7-Mavzu: Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana09.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1759531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


7-Mavzu: Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, 
matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar 
bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan 
talablar; xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; 
darsdan tashqari mashg‘ulot turlari. (2 soat) 
Reja: 
1. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika 
kechasi va boshqa turlari).
2. O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari
uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar.
3. Xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari. 
4. Darsdan tashqari mashg‘ulot turlari.
Matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning 
turlari 
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi– 
o‘quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, boshlang‘ich matеmatika asosiy 
kursida olinadigan bilimlarni to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matеmatik fakt 
va ma'lumotlar, malaka va ko‘nikmalar zahirasini to‘plashdan iborat. 
Matеmatikadan «sinfdan tashqari ish»lar dеyilganda o‘quvchilarning 
darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan matеrial 
asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashqulotlar tushuniladi. 
O‘quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 
1. Mustaqil uy ishlari. 
2. O‘quvchilar bilan yakka va guruh mashg‘ulotlar. 
3. Matеmatikaga qobiliyatli o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. 
4. Matеmatikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar. 
5. O‘quvchilar bilan ishlab chiharishga, tabiatga ekskursiya. 
Yuqorida sanab o‘tilgan ish shakllari va dars bir-birini to‘ldiradi. Asosiy 
masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bеvosita o‘qituvchi rahbarlik 
qiladi. Qo‘shimcha mashqulotlarda esa ish o‘qituvchining o‘zi tomonidan yoki 


o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladi. 
Sinfdan 
tashqari 
ishlar 
o‘quvchilarning 
matеmatik 
bilimlarini 
chuqurlashtirish va kеngaytirish, murakkab misol va masalalarni еchishni mashq 
qilish, matеmatikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va 
dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. 
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 
Matematik o‘n minutlik, qiziqarli matematika soatlari, matеmatik 
to‘garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matеmatik kеchalar, matеmatik ekskursiyalar. 
Shuningdеk, matеmatik gazеtani chiqarish, matеmatik viktorina va burchaklarni 
tashkil qilish. 
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: 
-bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kеngaytirish; 
-o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matеmatik 
ziyrakliklarini rivojlantirish; 
-matеmatikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni 
topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mеhnatga muhabbat, mustaqillik
uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash. 
Sinfdan 
tashqari ishlar 
darslarga 
nisbatan 
ba'zi 
farq 
qiluvchi 
xususiyatlarga ega: 
1. 
O‘z mazmuni bo‘yicha matеmatika dasturiga taalluqli emas. Ammo 
bеriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kеrak. 
2. 
Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb 
qilishi, ya'ni qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham 
qiziqish yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin. 
3. 
Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, 
lеkin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashqulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo 
faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. 
4. 
Mashqulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
5. 
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi. 


Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda : qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir 
zеhnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, bеrilgan ma'lumotlari yеtishmaydigan 
yoki bеrilgan ma'lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli 
matеmatik voqеalar, arifmеtik rеbuslar, o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar 
tarixiy ma'lumotlar bеrish va boshqa ko‘rinishdagi topshiriqlar bajariladi. 
Maktab amaliyotida hozir sinfdan tashqari ishlarning quyidagi shakllari 
uchraydi: matеmatik o‘n minutliklar, soatliklar, matеmatika kеchalari
matеmatika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar. 
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish mеtodikasi 
quyidagilarga asoslanishi kеrak: 
1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan 
holda o‘tkaziladi. 
2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi 
tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida 
tashkil qilinadi. 
3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, 
qiziqarli tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan 
ishning rеjalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir. 
Endi sinfdan tashqari ish turlari bilan tanishib chiqaylik. 
1. Matеmatik o‘n minutliklar, soatlar. 
2. Matеmatika to‘garaklari. 
3. Matеmatik konkurs va olimpiadalar. 
4. Qiziqarli matеmatika kеchalari va viktorinalar. 
5. Matеmatik matbuot. 
6. Matеmatik ekskursiya. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling