7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari
Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari
Download 83.79 Kb.
|
7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari
Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari
Tarbiya metodlarini o’rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish. Ko’nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ular shartli ravishda to’rtta guruhga bo’lib o’rganiladi(2-rasm) 2-rasm. Tarbiya metodlari 1. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongli, hislari va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. Suhbat. Talaba shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda talabaning jonli so’zi eng ta’sirli usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish lozim. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etnik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o’zini tutish qoidalari), estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi), siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot dunyosi) va boshqalar. Hikoya. O’quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollar bilan to’liq hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Suhbat ham, hikoya ham talabalarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so’zlar orqali o’zbek tilida o’tkazilishi lozim. Eng yaxshisi suhbat va hikoya mavzularini talabalarning o’zlari tanlasin, bunda suhbatning zavqi ta’minlanadi, talabalar mavzuga befarq qaramaydilar. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlarga pand-nasihat, tushuntirish metodolari ham kiradi. Download 83.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling