7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari
Asosiy savollar:
Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha
Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari
Boshlang’ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari.
Tayanch tushuncha va iboralar: tarbiya, tarbiya turlari, tarbiya metodlari, tarbiya vositalari, ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, ijtimoiy xulqni shakllantiruvchi metodlar, rag’batlantirish va jazolash metodlari, o’z-o’zini rivojlantirish metodlari, suhbta, namuna, ma’ruza, uyaltirish, tanbeh berish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini tahlil qilish
Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha
Tarbiya turlari(shakllari) turli sohalarga ko’ra tasnif etiladi. Ko’proq umumlashgan tasnif o’zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.
Ingliz olimi Herbert Spencer “Tarbiya - bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak” - deb yozadi, va "bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida ulg’ayishiga bog’liqligi, ta’sirini misollar orqali keltiradi hamda o’zining "Butun shaxsni rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini ko’rsatib o’tib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir”, deb ta’kidlaydi.
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko’ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontsepsiyalar bilan bog’liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |