7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari


Download 83.79 Kb.
bet6/7
Sana05.11.2023
Hajmi83.79 Kb.
#1749347
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari

O’z-o’zini baholash. O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchi bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tuShunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar asos bo’lishi, ya’ni taqsil va tarbiyalanishni xohlashi, o’zining, o’rtoqlarining, yaqin kishilarining ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini takomillashtirishga intilishi lozim[1;3].
Tarbiya vositalari – bu tarbiya jarayonining ta’sirchanligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan moddiy buyumlar, narsalar, ma’naviy omillar, faoliyat (o’yin, o’qish, mehnat, muloqot) hamda hissiy yondashuv ko’rinishlari hisoblanadi.
Bugungi kunda oilada va ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda quyidagi tarbiya vositalaridan keng foydalaniladi: davlat ramzlari; milliy qadriyatlarning namunalari; hayotiy misollar; oila yoki o’quvchilar jamoasi uchun qadrli bo’lgan moddiy buyumlar; oilaviy yoki jamoaviy an’analar; shaxs ibrati; qahramonlik, insoniylik, mehr-oqibat, insoniy muhabbat, o’zaro oqibat, haqiqat uchun kurashish to’g’risida hikoya qiluvchi badiiy asarlar; o’quvchilarning estetik didini boyituvchi san’at namunalari; o’rinli aytilgan so’z (nutq); hissiy yondashuv; samimiy munosabat; yuksak ishonch; jamoa birligi; jamoa a’zolarining o’zaro yordami; ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan xabarlar; tarixiy voqelik; qahramonlik namunalari; vatanparvarlik ruhidagi qo’shiqlar, kinofilmlar, teatr tomoshalari va h.k.
Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilmagan ta’sirlar tushinilib, ular yordamida bir guruh insonlar - tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga – tarbiyalanuvchilarga ma’lum psixologik sifatlar va xulq- atvor hosil qilish maqsadida ta’sir o’tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyatini o’zgartirish uchun qo’llanilgan harakatlar tushuniladi.
Tarbiyachining shaxsiy namuna bo’lishi, atrofdagi odamlarning ko’rsatayotgan xulq-atvori, xatti-harakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda keltirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham tarbiya vositasi sanaladi. Shaxsga ta’sir etib, uning xulq-atvorini o’zgartirishi mumkin bo’lgan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko’rsata oladi.
Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko’ra ikki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin bo’ladi. Bulardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni bir-biri bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishi hisoblanadi. Ikkinchisi esa, qandaydir vositalar orqali o’tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’zaro aloqa qilmaydi (masalan, kitob o’qish, videorolik tomosha qilish va b.).
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining anglashi nuqtai nazaridan kelib chiqib, tarbiya jarayonida uning vositalarini aniq va mavhum turlarga bo’lib o’rganish mumkin.
Aniq tarbiya vositasi qo’llangan taqdirda tarbiyachi o’z oldiga aniq maqsad qo’yadi, tarbiyalanuvchi u haqida biladi va uni qabul qila oladi. Agar mavhum vositalar ta’siri qo’llanilganda sinovdagi tarbiya ta’siri anglanmagan, mavhum holda kechadi, tarbiyachi anglab nazorat olib bora olmaydi hamda oldindan o’ylangan yanglish ta’sir kelib chiqishi mumkin.
Tarbiya ta’siri qanday tarbiya ob’ektiga qaratilganligiga ko’ra uning vositalari quyidagicha bo’linadi: emotsional, kognitiv va xulqiy. Tajribada ko’proq ular kompleks tarzda uchraydi.
Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo’naltiriladi. Undan maqsad uni o’zgartirish, mukammallashtirish hisoblanadi. Hozirgi zamon olimlari insonning dunyo haqidagi bilimlari uni shaxs sifatida namoyon etib qolmay, balki uning xulq-atvoriga ham katta ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydilar.
Emotsional tarbiya ta’siri tarbiyalanuvchida ma’lum affektiv holatni vujudga keltirishga va uni saqlab turishga mo’ljallangan bo’lib, uning natijasida tarbiyalanuvchi psixologik ta’sirlarni qabul qilishini yoki yengillashtiradi, yoki qiyinlashtiradi.
Ijobiy emotsiyalar tarbiyalanuvchini tarbiya ta’siri sub’ektiga nisbatan ochiq nazorat hosil qiladi. Salbiy emotsiyalar esa aksincha, tarbiyalanuvchiga ko’rsatilayotgan tarbiya ta’sirini kamaytiradi.
Olimlarning tadqiqotlari natijalariga ko’ra har bir ko’rsatilgan tarbiya vositalari o’zining kuchli va ojiz tomonlariga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbiyaviy ta’sirining o’ziga xosligi va yutuqlari shundan iboratki, bunda tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, taqlid qilish va majburlash, ishontirish, maqtash va boshqalar. Bu usul qo’llanilganda tarbiyachi so’z vositalaridan foydalanishi ham, foydalanmasligi ham mumkin, ammo har qanday holatda ham tarbiyalanuvchiga to’g’ri va kerakli xulq-atvorni namuna sifatida ko’rsatishi va o’rnak bo’lishi lozim bo’ladi.

Download 83.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling