7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari
Boshlang’ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari
Download 83.79 Kb.
|
7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Boshlang’ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari.
Bilamizki, ta’lim-tarbiyaning boshlang’ich poydevori bu boshlang’ich ta’limdir. Bu bizdan hech qanday isbot talab qilmaydi va bu aksiomadir. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga dars jarayonlari qanchalik sifatli tashkil etilsa, samarasi ham shunchalik darajada bo’ladi. Bunda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi markaziy o’rinda bo’lib, u fanlarni o’qitishning eng samarali metodlaridan foydalanishi lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, bilimli inson qilib tarbiyalash vazifasi ko’p jihatdan boshlang’ich sinflarda fanlarni o’qitish metodlarini to’g’ri uyushtirish, xususan, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, ularning so’z boyligini talab darajasida o’stirish bilan o’zaro bog’liq. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning fikricha: “Ta’lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasbhunarning chinakam oshig’i bo’ladilar”. Boshlang’ich sinf o’quvchilari, ayniqsa, o’z ustozlariga taqlid qilishadi. Yosh o’quvchilar uchun ustozning har bir so’zi “qonun”, har bir harakati esa mukammaldir. O’quvchilar ustozining har bir harakatini diqqat bilan kuzatishadi va unga o’xshashga, shu harakatlarini qaytarishga harakat qiliashadi. Boshlang’ich sinflarda ko’proq rag’batlantirish, namuna ko’rsatish, maqtash, mashq va o’rgatish kabi tarbiya metodlarini qo’llash tavsiya etiladi. Jazolash metodlarining tanbehnigina qo’llash tavsiya qilinadi. Chunki kichik yoshdagi o’quvchilarning qalbi juda nozik bo’lib, xaysan berish, uyaltirish orqali ununing qalbiga ozor berib qo’yish mumkin. O’quvchilar esa bu holatni umrbod unutmasliklari mumkin deb hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilar insonlar uchun zarur bo’lgan fazilatlar va qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak: muammolarni faol ravishda kashf qilish va ularni hal qilish, intilish va yetakchilik qilish qobiliyati; sezgirlik, hamdardlik, muloqot qobiliyatlari va xilma-xillikni qabul qilish qobiliyati va boshqalar. Yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Insonlar o’zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi va bunga bolaning yoshligidanoq e’tibor berila boshlandi. Taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deya tarbiyaning nechog’lik dolzarbligini anglatuvchi fikri hamda mashoyixlarning “Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur” degan fikrlari yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qilmoqda. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi har bir tarbiya metodi va vositalaridan o’rinli foydalangan holda yosh avlodni tarbiyalashga e’tibor qaratlishlari lozim. Nazorat uchun savol va topshiriqlar: Tarbiya metodlari qanday turlarga bo’linadi? Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlarini izohlang. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari qaysilar? Rag’batlantirish va jazolash metodlari qay holatlarda qo’llaniladi? O’z-o’zini tarbiyalash metodlarining afzalliklari va kamchiliklarini ayting. Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qaysi tarbiya metodlari va vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi? Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Abdullayeva Sh. Umumiuy pedagogika. O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2021. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. –T.: Nodirabegim, 2021 Mavlonova R.A., To’rayeva O., Xoliqberdiyev K.M. Pedagogika. DarsIik –T. :.O’qituvchi 2008-yil. Mavlonova R.A., Vohidova N.H., Raxmonqulova N.H. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil Download 83.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling