7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari


Download 83.79 Kb.
bet4/7
Sana05.11.2023
Hajmi83.79 Kb.
#1749347
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari

Pedagogik talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab – bu talabaning turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo’lishi; u yoki bu harakatda rag’batlantiruvchi yoki uni to’xtatuvchi bo’lishi; oqilona harakatlarga undovchi bo’lishi mumkin.
3.Rag’batlantirish va jazolash metodlari.
O’quvchi-yoshlarning har biri o’sib, ulg’ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo’layotganini sezishi kerak. Faqat shundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi, o’z kuchiga ishonadi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, unga quloq solishadi, u jamoaga kerak, u o’qituvchisini qiziqtiradi. Bunga erishish uchun rag’batlantirish usulidan foydalaniladi. Chunki, rag’batlantirish bolaga ishonishga, unda bo’lgan ijobiy qobiliyat va fazilatlarning kuchini e’tirof etishga asoslangan.
Ta’lim maskanlari tajribasida rag’batlantirishning quyidagi turlari qo’llaniladi:
O’quvchining kuchi yetadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali ishonch bildirish; bunda o’quvchi o’z qadr-qimmati bilan faxrlanadi;
Maqtash (ota-onalar, jamoa oldida);
Esdalik sovg’asi berish (kitob, ruchka, o’quv asbobi va boshqalar);
Maqtov yorlig’i berish;
Hurmat taxtasiga fotosuratini qo’yish;
Qo’llab-quvvatlash;
Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
Safda birinchi o’rinda turish;
Musobaqalarda bayroq ko’tarish;
Gazetada, radioda e’lon va hokazo. Har qanday rag’batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo’llanilishi lozim.
Jazolash – bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham talabaning va butun guruh manfaati uchun qo’llanadigan oxirgi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish, g’azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, talaba qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi. Maktablarda qo’llash mumkin bo’lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:

Download 83.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling