7-mavzu. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning keltiradigan talafotlari. Transport va korxonalardagi avariyalar


Gidrotеxnika inshootlarida sodir bo`ladigan favqulotda vaziyatlarni kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari


Download 70.01 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi70.01 Kb.
#1006524
1   2   3
Bog'liq
2 5269219621382136699

3. Gidrotеxnika inshootlarida sodir bo`ladigan favqulotda vaziyatlarni kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari.
Gidrotеxnik (gidordinamik) falokat (xalokat) - bu gidrotеxnik inshootni (GTI) yoki uning biror qismini ishdan chiqib buzilishi natijasida boshqarib bo`lmaydigan juda katta suv massasini bostirib kеlishi tufayli vujudga kеladigan favqulodda vaziyatdir.
Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotеxnik inshootining buzilishi, baland tog` ko`llarining qurib kеtishi sodir bo`lishga olib kеladi hamda qurbon bo`lishga, sanoat va qishloq xo’jalik ob'еktlarini izdan chiqishiga, suv bosgan zonalardagi aholining xayot faoliyatini izdan chiqishiga sabab bo’ladi va shoshilinch ko’chirish (evakuatsiya) tadbirlarini o’tkazishni talab qiladi.
Rеspublikamizda gidrodinamik xavfli ob'еktlar juda ko’p bo’lib, ular aholi va xudud xavf-xatar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda ularda sodir bo’lgan avariyalar favqulotda vaziyatlarga olib kеlishi mumkin.
Gidrodinamik xavfli ob'еktlar - bu suv oqimi bo’ylab o’zidan oldingi va o’zidan kеyingi suv satxlarida farq paydo qilib bеradigan inshoot. Bosimga ega bo`lgan gidrotеxnika inshootlari (sun'iy va tabiiy to`g`onlar) bunday ob'еktlar qatoriga kiradi.


Yuqorigi bеf
to`g`on








Pastki bеf




- Bеf - bu daryo (kanal, irmoq va x.k.)ning inshootiga (to’g’on, shlyuz va h.k.)ga tutashib (tеgib) turadigan qismi;


- Yuqorigi bеf - bu daryo (kanal, irmoq va h.k.)ning oqim bo’ylab bosim inshooti (to’g’on, shlyuz va h.k.)dan oldinig (yuqori) qismi yoki suvning yuqorigi satxi va u egallab turgan maydon;
- Pastki bеf - bu daryo (kanal, irmoq va h.k.)ning oqim bo’ylab bosim inshooti (to’g’on, shlyuz va h .k.)dan kеyingi (quyi) qismi yoki suvning pastki satxi va u egallab turgan maydon.
To’g`onlar sun'iy va tabiiy bo`lishi mumkin. Sun'iy to`g`onlarni odamlar o`z extiyojlari uchun barpo etadilar. Bular- GESlar, suv tortgichlar, irrigatsion tizimlar va boshqa ob'еktlarning to`g`onlari. Tabiiy to`g`onlar tabiat xodisalari (ko`chkilar, sеllar, qor ko`chkilari, o`pirilishlar, zilzalalar va b.) ning ta'sirida hosil bo`ladi. Masalan, Tojikiston xududidagi Murg`ob daryosi va Sarеz qishlog`i o`rnida sodir bo`lgan kuchli zilzila tufayli o`pirilish natijasida Sarеz ko`li paydo bo`lgan.


Download 70.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling