7-Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo`llaniladigan o`lchov qurilmalari


Download 34.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.11.2023
Hajmi34.98 Kb.
#1768072
  1   2   3


7-Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo`llaniladigan 
o`lchov qurilmalari.
Avtomatik nazorat va parametrlarning ishonchli qiymatlarini bilmasdan turib 
ular orqali jarayonlar va agregatlarni boshqarib bo’lmaydi. Jarayon va agregatlarni 
avtomatlashtirish va ular ustida ilmiy izlanishlar olib borishda o’lchashlar muhim 
rol o’ynaydi.
O‘lchash informasiyasi signalini kuzatuvchi bevosita qabul qilishiga qulay 
shaklda chiqaruvchi o‘lchash vositasi o‘lchash asbobi deb ataladi.
O‘lchash asbobidan foydalanib kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son 
qiymatini o‘qishi yoki hisoblashi mumkin. O‘lchash asboblari analogli va raqamli 
bo‘ladi. Analogli o‘lchash asbobidagi ko‘rsatish o‘lchanayotgan kattalikning 
o‘zgarishini uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Raqamli o‘lchash asbobida ko‘rsatish 
o‘lchash informasiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasi hisoblanuvchi raqamli 
shaklda beriladi.
O‘lchash asboblari ko‘rsatuvchi va qayd qiluvchi turlarga bo‘linadi. 
Ko‘rsatuvchilarida – qiymat shkala yoki raqamli tabloda aks ettiriladi. Qayd 
qiluvchilarida esa ko‘rsatilayotgan qiymatlar diagrammali qog‘ozga raqamli yoki 
uzluksiz shaklda bosiladi yoki informasiya shaklida xotira qurilmasida saqlanadi. 
O‘lchash asboblarida o‘lchanayotgan kattalikni vaqt yoki boshqa mustaqil 
o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallash kabi turli o‘zgartirishlarni amalga oshirish 
mumkin.
O‘lchash informasiyasi signalini uzatish, qayta ishlash yoki saqlash uchun 
qulash ko‘rinishda ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchi bevosita qabul 
qilishi uchun uzatmaydigan o‘lchash vositasiga o‘lchash o‘zgartirgichi deyiladi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichi – bu o‘lchanayotgan kattalik kirishiga ta’sir 
qiluvchi o‘lchash o‘zgartirgichi. Ko‘pincha bunday o‘zgartirgichlar datchiklardeb 
ataladi. Birlamchi o‘zgartirgichning bevosita o‘lchanayotgan kattalik bilan 
ta’sirlashuvchi qismi sezgir element deb ataladi. So‘nggi vaqtlarda kichik 
guruhlardagi sezgir elementlarni belgilash uchun sensorlar atamasidan 
foydalanilmoqda. O‘lchash asboblari va o‘zgartirgichlari o‘lchanayotgan 
kattalikning turidan kelib chiqqan holda turli nomlarga ega bo‘ladi: termometrlar, 
termoo‘zgartirgichlar, manometrlar, bosim o‘zgartirgichlari, sarf o‘lchagichlar, sarf 
o‘zgartirigichlar va h.k.
O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi orqali o‘lchanayotgan va qabul 
qilingan o‘lchov birlikda ifodalanayotgan qiymati o‘lchash asbobining ko‘rsatishi 
hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalikning shkaladagi eng kichik qiymati 
shkalaning boshlang‘ich,eng kattasi esa oxirgi qiymati deb ataladi. Shkalaning 
boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan sohasi ko‘rsatish 

Download 34.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling