7-Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo`llaniladigan o`lchov qurilmalari
Download 34.98 Kb. Pdf ko'rish
|
7-Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo`llaniladigan o`lchov qurilmalari. Avtomatik nazorat va parametrlarning ishonchli qiymatlarini bilmasdan turib ular orqali jarayonlar va agregatlarni boshqarib bo’lmaydi. Jarayon va agregatlarni avtomatlashtirish va ular ustida ilmiy izlanishlar olib borishda o’lchashlar muhim rol o’ynaydi. O‘lchash informasiyasi signalini kuzatuvchi bevosita qabul qilishiga qulay shaklda chiqaruvchi o‘lchash vositasi o‘lchash asbobi deb ataladi. O‘lchash asbobidan foydalanib kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qishi yoki hisoblashi mumkin. O‘lchash asboblari analogli va raqamli bo‘ladi. Analogli o‘lchash asbobidagi ko‘rsatish o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishini uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Raqamli o‘lchash asbobida ko‘rsatish o‘lchash informasiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasi hisoblanuvchi raqamli shaklda beriladi. O‘lchash asboblari ko‘rsatuvchi va qayd qiluvchi turlarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchilarida – qiymat shkala yoki raqamli tabloda aks ettiriladi. Qayd qiluvchilarida esa ko‘rsatilayotgan qiymatlar diagrammali qog‘ozga raqamli yoki uzluksiz shaklda bosiladi yoki informasiya shaklida xotira qurilmasida saqlanadi. O‘lchash asboblarida o‘lchanayotgan kattalikni vaqt yoki boshqa mustaqil o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallash kabi turli o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin. O‘lchash informasiyasi signalini uzatish, qayta ishlash yoki saqlash uchun qulash ko‘rinishda ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchi bevosita qabul qilishi uchun uzatmaydigan o‘lchash vositasiga o‘lchash o‘zgartirgichi deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichi – bu o‘lchanayotgan kattalik kirishiga ta’sir qiluvchi o‘lchash o‘zgartirgichi. Ko‘pincha bunday o‘zgartirgichlar datchiklardeb ataladi. Birlamchi o‘zgartirgichning bevosita o‘lchanayotgan kattalik bilan ta’sirlashuvchi qismi sezgir element deb ataladi. So‘nggi vaqtlarda kichik guruhlardagi sezgir elementlarni belgilash uchun sensorlar atamasidan foydalanilmoqda. O‘lchash asboblari va o‘zgartirgichlari o‘lchanayotgan kattalikning turidan kelib chiqqan holda turli nomlarga ega bo‘ladi: termometrlar, termoo‘zgartirgichlar, manometrlar, bosim o‘zgartirgichlari, sarf o‘lchagichlar, sarf o‘zgartirigichlar va h.k. O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi orqali o‘lchanayotgan va qabul qilingan o‘lchov birlikda ifodalanayotgan qiymati o‘lchash asbobining ko‘rsatishi hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalikning shkaladagi eng kichik qiymati shkalaning boshlang‘ich,eng kattasi esa oxirgi qiymati deb ataladi. Shkalaning boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan sohasi ko‘rsatish Download 34.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling