7-Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo`llaniladigan o`lchov qurilmalari


Download 34.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi34.98 Kb.
#1768072
1   2   3
diapazoni deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash vositasini ruxsat etilgan 
xatoligi bilan meyorlashtirilgan qiymatlar sohasi o‘lchash asbobi yoki o‘lchash 
o‘zgartirgichining o‘lchash diapazoni deyiladi.Texnik asboblaridagi o‘lchash 
diapazoni va ko‘rsatish diapazonlari bir biriga mos keladi. Yuqori va quyi o‘lchash 


chegaralari deb ataluvchi o‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta 
qiymatlari o‘lchash chegaralari deb ataladi.
O‘lchash natijalariga vaqt, o‘lchash joyi, o‘lchayotgan shaxs va boshqalarning 
ta’sir ko‘rsatmasligi uchun o‘lchashlarning bir xilligini ta’minlash zarur.Buning 
uchun quyidagilar kerak: 
1.O‘lchov birligi (masalan, SI tizimi); 2.Etalonlar; 3.O‘lchash vositalari 
(ishchi va namunaviy asboblar);3.Tekshirish sxemasi – turli darajadagi ishchi va 
namunaviy o‘lchash vositalarini birgalikda ishlash tartibini reglamentlashtiruvchi 
hujjat.
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, 
o‘lchash 
o‘zgartkichlari 
va 
o‘lchash 
qurilmalari 
kiradi.
O‘lchov – berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtoshmassa o‘lchovi; o‘lchov 
rezistori – elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi – yorug‘lik o‘lchovi va h.k.
Bir xil o‘lchamli fizik kattalikni qayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda turli 
o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli 
o‘lchovlar bor. Ko‘p kiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik 
variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina 
emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qagor bir nomli kattaliklarni qayta 
o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini 
tashkil etadi. Masalan, qadoqtoshlar to‘plami, uchlikli uzunlik o‘lchovlari to‘plami, 
o‘lchov kondensatorlari to‘plami va x. O‘lchovlar magazini – sanoq qurilmalari 
bilan bog‘langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun 
qilib birlashtirilgan o‘lchovlar to‘plami.
O‘lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini 
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‘lchov. Masalan, 
tarkibidagi ximiyaviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalariniig 
standart namunasi.
Namuna modda – tasdiqlangan spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan tayyorlash 
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma’lum xossalarga ega bo‘lgan moddadan 
iborat o‘lchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza” metallar, “toza” suv.
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informatsiyasi signalini 
ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasi o‘lchov asbobi deyiladi. 
O‘lchov asbobida kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qishi 
yoki sanashi mumkin. O‘lchov asboblari analog va rakamli bo‘lishi mumkin. 
Analog o‘lchov asboblarida asbobning kursatishi o‘lchanayotgan kattalik 
o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo‘ladi, raqamli o‘lchov asboblarida 
esa ko‘rsatishlar o‘lchov informatsiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasidan 
iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi.
O‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash 
uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin 
bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat kiladigan o‘lchash 
vositasi o‘lchash o‘zgartkichi deb ataladi.. O‘lchanayotgan kattalik keltirilgan 
o‘lchash o‘zgartkichi birlamchi o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash 


o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchikdeb yuritiladi. Uning bevosita o‘lchanayotgan 
kattalik ta’siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Masalan, termoelektrik 
termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday 
elementlardir. O‘lchov asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kattalikning 
turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, 
difmanometrlar, sarf o‘lchagichlar, satx o‘lchagichlar, gaz analizagorlari, 
konsentratomerlar, nam o‘lchagichlar va hokazo.
Ko‘rsatuvchi analog o‘lchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va 
(strelkali yoki nurli) ko‘rsatkichdan tuzilgan. O‘lchov asbobining shkalasi 
ko‘rsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko‘rsatilgan belgilar shkalaning sonli 
belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning 
bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari 
ayirmasi shkala bo‘linmasining qiymati deyiladi. O‘zgarmas bo‘linmali va 
o‘zgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi. 
O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda 
o‘lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari 
o‘lchov asbobining ko‘rsatishlari deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning shkalada 
ko‘rsatilgan eng kichik kiymati shkalaning boshlang‘ich qiymati, eng katta qiymati 
esa shkalaning oxirgi qiymati deyiladi. Shkalaning uning boshlang‘ich va oxirgi 
kiymatlari bilan chegaralangan kiymatlari soxasi (oralig‘i) ko‘rsatuvlar diapazoni 
deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan 
xatoliklar normalangan qiymatlari sohasi o‘lchov asbobi yeki o‘lchov 
o‘zgartkichining o‘lchov diapazoni deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, o‘lchov 
diapazoni bilan ko‘rsatuvlar diapazoni moc keladi. O‘lchov diapazonining eng 
kichik 
va 
eng 
katta 
qiymatlari 
o‘lchov 
chegaralari 
deyiladi.
Shkaladan sanoq olishda shkala qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. 
Shkalalarda belgilar to‘g‘ri chiziq buylab yoki yassi yoxud silindrsimon sirtdagi 
aylana yoyi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. O‘lchov asboblari shkalalarining eng ko‘p 
uchraydigan turlari ko‘rsatilgan
Sezgir 
elementlari: 
gofrlangan 
membrana, 
membranali 
korobkalar, 
membranali bloklar bo‘lgan asboblar katta bo‘lmagan ortiqcha bosimni, vakuumni 
va 
bosimlar 
farqini 
o‘lchaydilar.
Membranaga yuqoridan ta’sir etayotgan ortiqcha bosim kamerada shu 
membranaga 
ta’sir 
etayotgan 
kuchga 
aylanadi,
N
1
=P

Download 34.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling