7-Mavzu: Xayol Reja


Download 393.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi393.36 Kb.
#1050402
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu. Psixologiya. Xayol. Ma\'ruza

Uchinchi vazifasixayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat, xotira, 
nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Obrazlar vositasida inson 
idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. 
To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni ongda 
bajarish layoqatidan iborat. 
Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirishva dasturlash, bunday dasturlarni tuzish, ularning 
bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash. 
Xayol yordamida biz organizmning ko‘plab psixofizioligik holatlarini boshqarishimiz
kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning irodaviy yo‘l bilan xayol 
vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi, nafas olish maromi, tomir urish tezligi, qon 
bosimi, tana haroratini o‘zgartirishi mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu 
dalillarautotrening asosida o‘z tasdig‘ini topgan.[2] 
Xayol 
  
2. Xayol turlari va jarayonlari 
turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga 
molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga 
egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi. 


Faol xayoldoimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish 
bilan bog‘liq. Faol xayolkelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida 
foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi 
va iroda nazoratiga bo‘ysunadi. Faol xayolo‘zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy
yaratuvchilikva antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi. 
Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog‘liq ravishda xayol yaratuvchi va ijodkor bo‘ladi.[2] 

Download 393.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling