7-mavzu. Yerdan foydalanishda yerlarni zonalarga bo’lish xususiyatlari


Download 41.51 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1311651
  1   2   3   4
Bog'liq
7-мавзу


7-mavzu. Yerdan foydalanishda yerlarni zonalarga bo’lish xususiyatlari.
Reja:

7.1.Shaharlar va qishloq yerlarini zonalarga ajratish

7.2.Yer munosabatlari va yer tuzish asoslari


Shahar kengliklari tushunchasining umumiy xususiyatlari shahar shakl(forma)si va uning o’lchamlari hisoblanadi. Shahar formalari tipologiyasi turli tumandir: ixcham, ko’p markaz(yadro)li, uzaytirilgan (chiziqli, bo’ylama), ajratilgan (tugunli, yadroli).
Aholi soniga qarab shaharlar quyidagicha bo’lishi mumkin: kichik –60 ming kishigacha; o’rta – 60–100 ming kishi; katta – 100–260 ming kishi; yirik – 260- 600 ming kishi; yirikroq –600 ming kishidan ortiq; millioner shaharlar– 1 mln kishidan ortiq.
Xalq xo’jaligini ixtisoslashishi bo’yicha shaharlarni: sanoat, transport, sog’lomlashtirish(kurort), tarixiy va turli ixtisoslangan bo’lish mumkin.
Tabiiy shart-sharoitlar bo’yicha shaxarlarni o’rta mintaqa, shimoliy va janubiy zonalar, shuningdek, ekstremal shart-sharoitlarda joylashgan shaharlarga ajratiladi.
O’sish sur’ati bo’yicha ham shaharlar sinflarga ajratiladi: tez o’suvchi, rivojlanishi cheklangan, muqobillashgan yoki axolisi kamayatgan.
Bundan tashqari, shaharlarni yuzaga kelish davri va rivojlanish tarixi bo’yicha tarixan sinflarga ajratish, shuningdek, tarixiy-arxitekturaviy va madaniy meros boyliklarini aks ettirib sinflash keng qo’llaniladi. Iqtisodiyot nuqtai nazardan shahar – bu xalq xo’jaligining tarkibiy qism(element)i, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shakllaridan biri, axolini joylashtirish tizimining va aholi joylari tarmog’ining elementi. Sanoat - shahar aholisiga qiyinchilik tug’diruvchi muassasalar bilan birgalikda, shaharning iqtisodiy bazasini tashkil qiladi.
Urbanlashtirilgan hudud (urban area) – bu markaziy shahar va shaxar atrofi shuningdek, zich markaziy yadroga (100 yashash birligidan kam bo’lmagan)yoki har km2 ga ming kishidan yuqori bo’lgan zichlikka ega shahar sanalmaydigan hududlarga ega bo’lgan o’z-o’zini boshqaruvchi shahar aholi punktlari.
Shahar, shaharcha, qishloq, shaxar chetidagi hududlar – bularning hammasi qishloq joylaridan farqli o’laroq, urbanlashtirilgan hududlardir.
Shaharni shahar xukumati foydalanishida bo’lgan yerlarni boshqa foydalanuvchilar hududlaridan ajratadigan shartli chiziq chegaralaydi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotida shahar hududlarini rivojlantirishda birlamchi bo’lib planirovka loyihasi hisoblanadi, uni yaratishning asosiy maqsadi - fuqarolarning ijtimoiy buyurtmasini qonuniy himoya qilish, shahar hududlarini rivojlantirishga, shaharda shahar hosil qiluvchi faoliyatlar turini rivojlantirish yo’nalishlariga jamoa manfaatlarini bayon qilish. Planirovka loyihasini yaratish bosqichining o’zidayoq, bunday tizimda shahar hududlarini rivojlantirish bo’yicha yechimlarni ishlab chiqishning to’laqonli ishtirokchisi sifatida yaqinroqda joylashgan muvofiq hududlar vakillari paydo bo’ladi. Bu tizimda shahar – bir butun yaxlit hisoblanadi, unda barcha savollar ko’pchilik subyektlar tomonidan kompensasiya asosida yechiladi. Bunday tizimda shaharning o’z-o’zini rivojlantirish haqida, investorning soliq siyosati orqali rag’batlantiriladigan mustaqil faoliyat yuritish imkoniyatining obyektiv qonuniyati sifatida gapirish mumkin. Shahar muhiti

  • shahar jarayonlarining konkret kenglik shakli bo’lib, u hududiy bir xillikni (umumiylikni) normal ishlab turishini ta’minlaydi va shaharga o’z rolini yuqori va quyi darajalar tizimida amalga oshirishga imkon yaratadi. Oqilona (maqbul) ishlab turadigan shahar muhiti jonsiz ko’chmas mulk obyektlarini va ular joylashgan yerni hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishga qulay bo’lgan tizimga aylantiradi, yerni va qurilmalarni iste’mol va bozor qiymati bilan to’ldiradi.

Bugungi kunda shaharning markaziy qismlaridagi yerlardan to’liq foydalanilmaganda, sanoat zonalarining samarasiz joylashuvida, turarjoy va tijorat maqsadiga mo’ljallangan ko’chmas mulk taqchilligi, va boshqa muammolarda chet(chegara) rayonlarda aholi zichligi o’sib borishi (demak, shahar muhitining to’yinishi ham) ortmoqda. Bu holatni to’g’rilash uchun, konkret
shaharning yer uchastkalarini o’zlashtirish va foydalanish uchun raqobat muhitini rag’batlantirib turib, ko’chmas mulk bozorini rivojlantirish zarur. Ko’chmas mulk bozorining tartibga solib turuvchisi sifatida (ayniqsa, boshlang’ich bosqichlarda) shaharlarning madaniy-tarixiy xususiyatlarini inobatga oluvchi ijtimoiy-shaharsozlik va ekologik dasturlar ishtirok etadi.

Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling