7-mavzu. Yerdan foydalanishda yerlarni zonalarga bo’lish xususiyatlari


Yer egasi- yer maydonlari meros kilib koldirilgan umrbod egalik kilish xukukiga ega shaxslar Yerdan foydalanuvchi


Download 41.51 Kb.
bet4/4
Sana31.03.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1311651
1   2   3   4
Bog'liq
7-мавзу

Yer egasi- yer maydonlari meros kilib koldirilgan umrbod egalik kilish xukukiga ega shaxslar
Yerdan foydalanuvchi- doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer uchastkalariga ega bo’lgan shaxslar
Ijarachi – yer maydonlariga ijara va subijara shartnomasi bo’yicha egalik kiluvchi va foydalanuvchi shaxslar.
O’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut)
— qo’shni bo’lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.
O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq to’lanadi38.
O’z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq to’laydilar. Yer uchun haq har yili to’lanadigan yer solig’i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.
Yerdan foydalanish va qurib egallash qoidalari – shaharsozlik jarayonining barcha qatnashchilari uchun u yoki bu zonada nimani va qanday qilib qurish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlovchi hujjatdir.

Yer tuzish asoslari.


Yer tuzish- bu yerdan foydalanish tadbirlarini tartibga solish majmuidir.40
O’zbekiston Respublikasining barcha hududi yer tuzish obyekti hisoblanadi.
Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo’jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi.41
Yer tuzish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq yer tuzish xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer tuzish xujjati – bu yer tuzishni o’tkazish natijasida olingan hujjatlar hisoblanadi:

  • O’zbekiston Respublikasi xududi yer tuzishning bosh chizmasi;

  • O’zbekiston Respublikasi subyektlari hududlarining yer tuzish chizmalari;

  • mahalliy va boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalar yer tuzish chizmasi;

  • yerlardan foydalanish va qo’riqlash chizmasi;

  • xududiy yer tuzish loyihasi;

  • yer tuzish obyektlarinig chegaralari;

  • yer tuzish obyekti xaritasi (chizmasi);

  • yer tuzishning ichki xo’jalik loyihasi;

Har bir yer tuzish hujjatining tarkibi, mazmuni va rasmiylashtirish qoidalari me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladigan va yer tuzishni o’tkazish va yer tuzish hujjatining davlat ekspertizasini o’tkazishni amalga oshirishda ijro etish uchun majburiy hisoblangan texnik shartlar va yer tuzishni o’tkazish talablari bilan qat’iy belgilanadi.
Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling