7-mavzu. Yo`L qurilish korxonalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish


Download 269.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi269.7 Kb.
#1134711
Bog'liq
7-mavzu



7-MAVZU. YO`L QURILISH KORXONALARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI 
RIVOJLANTIRISH. 
REJA: 
1. Yo‘l xo‘jaligida logistika.
2. Material Requirements Planning (MRP). Enterprise Resource Planning (ERP) (Korxona 
resurslarini rejalashtirish (KRR)). Just In Time (JIT) (Ayni vaqtida(AV)). 
6.1. Yo‘l xo‘jaligida logistika 
Logistikaning asosiy g‘oyasi - ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga (xomashyoni qazib 
chiqarish, tashish, materiallarni olish, yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish, ob’ektlarni 
ekspluatatsiyaga topshirish) mehnat mahsulotlari, shuningdek u bilan bog‘liq bo‘lgan axborotning 
yaxlit va uzluksiz transformatsiyalanish va harakat jarayoni sifatida qaralishi lozimligidan 
iboratdir. Xorijlik mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, korxonalarda logistikani majmuaviy 
joriy qilish zahiralar darajasini 30-50% ga pasaytirishni va mahsulotning harakatlanish vaqtini 25-
45% ga qisqartirishni ta’minlashi mumkin [1]. 
Xarajatlarni optimallashtirish logistikaga katta e’tibor qaratilishiga olib keladi, chunki xarajatlar 
darajasi kompaniyaning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli kompaniyada 
logistika foydalanilmagan yashirin resurs rolini o‘taydi, bu unga biznesni rivojlantirish uchun 
ulkan raqobat ustuvorligini beradi.
O‘zbekistonda logistika transport sohasida ham keng qo‘llanilishga ega bo‘lishi mumkin. 
Respublika yo‘l xo‘jaligining ishida amalda logistika tamoyillaridan foydalanilmaydi. Biroq uning 
iqtisodiyotdagi katta ahamiyati O‘zbekiston yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirishning 
tashkiliy mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi. Buning uchun birinchi navbatda bu 
tizimlarning harakat sohasini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
Logistika ta’minot, sotish va ishlab chiqarishga hamrohlik qiluvchi sohalar emas, balki 
korxonaning umumiy samaradorligini belgilaydigan teng huquqli faoliyat sohalari ekanligini 
ko‘rsatish bilan xo‘jalik siklini ishlab chiqarish va muomala sohalariga ajratmasligi muhim bo‘lib 
hisoblanadi, bu korxonalarning u orqali moddiy va boshqa oqimlar o‘tadigan «xaridlar – ishlab 
chiqarish – sotish» logistik zanjiri doirasida maksimal gorizontal integratsiyalanishini talab qiladi.
Logistika nazariyasida quyidagilar asosiy tadqiqot ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi: logistik tizim, 
moddiy oqim, axborot oqimi, logistik funksiya, logistik zanjir, logistik operatsiyalar, logistik 
xarajatlar va hokazolar.
Logistika o‘zaro bog‘langan bir qator funksional sohalarni, xususan, xaridlar va zahiralar 
logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi, taqsimlash logistikasi, transport logistikasi va hokazolarni 
o‘z ichiga oladi. Logistik tizimlarda qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni bashorat qilish, 
zahiralarning holatini nazorat qilish, buyurtmalarni to‘plash va ularga ishlov berish, moddiy 
oqimning logistik zanjir bo‘ylab o‘tish ketma-ketligini aniqlash va hokazolar kabi butun boshli 
masalalar majmuasi hal qilinadi [5].
Barcha logistik oqimlarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash mumkin: [1] 
- logistik tizimga aloqadorligi bo‘yicha: ichki va tashqi oqimlar


- uzluksizlik darajasi bo‘yicha: uzluksiz va diskret oqimlar; 
- muntazamlik darajasi bo‘yicha: determinantlangan va stoxastik oqimlar; 
- barqarorlik darajasi bo‘yicha: barqaror va beqaror oqimlar; 
- oqim intensivligining (shiddatining) o‘zgarish darajasi bo‘yicha: statsionar va nostatsionar 
oqimlar; 
- oqim elementlarining ko‘chish xarakteri bo‘yicha: bir tekis va notekis oqimlar; 
- davriylik bo‘yicha: davriy va davriy bo‘lmagan oqimlar; 
- oqim parametrlari o‘zgarishining oldindan berilgan ritmga muvofiqlik darajasi bo‘yicha; ritmik 
va ritmik bo‘lmagan oqimlar; 
- murakkablik bo‘yicha: oddiy (differensiallangan) va murakkab (integrallangan) oqimlar; 
- boshqariluvchanlik darajasi bo‘yicha: boshqariladigan va boshqarilmaydigan oqimlar;
- hosil qiluvchi elementlarning xarakteri bo‘yicha; moddiy, transport, energetik, pul, axborot, 
odamlar oqimlari va hokazolar. 
SHunday qilib, logistika korxonadagi barcha biznes-jarayonlarni boshqaradi, muvofiqlashtiradi va 
optimallashtiradi.
Yo‘l-qurilish korxonasi - logistik zanjirning zvenolari o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydigan 
mikrologistik tizim elementi bo‘lib hisoblanadi, boshqa tomonlama esa – yo‘l qurilish korxonasi 
– bu alohida moddiy oqimlarning iste’molchisi, tegishli logistik zanjirning oxirgi zvenosi bo‘lib 
hisoblanadi.
Yo‘l-qurilish korxonasi unda kiruvchi moddiy oqimlar (yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, qurilish 
materiallari va hokazolar) moddiy xizmatlar–transport xizmatlariga aylanadigan ishlab 
chiqarishning ichidagi logistik tizim sifatida chiqadi. Yo‘l-qurilish mahsulotini ishlab chiqarish va 
sotish jarayonlari vaqt bo‘yicha mos tushadi.
Yo‘l xo‘jaligining logistik tizimini avtomobil yo‘llarida ishlarni bajarish jarayonida shakllangan 
logistik zanjirlarning tartibga solingan jamlanmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Yo‘l 
xo‘jaligining logistik tizimlarini rivojlantirishning avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash
ta’mirlash va saklash ishlarini rejalashtirish va tashkil qilish, yo‘l tizimining salohiyatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, kapital qo‘yilmalardan maksimal iqtisodiy samara bilan optimal 
foydalanishdan iborat bo‘ladigan strategiyasini ishlab chiqish maqsadida yo‘l xo‘jaligi 
logistikasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.
Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni yaratish ishlab chiqarish faoliyatining alohida elementlarining 
yaxlit tizim sifatida ishlashining samaradorligini oshirish maqsadida ularga majmuaviy qarashni 
talab qiladi. Yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farq qilishi tufayli yo‘l 
xo‘jaligida logistik tizimlar ularning tuzilishi, faoliyat ko‘rsatishi va atrof-muhit bilan o‘zaro 
ta’sirlashish tamoyillariga mos ravishda ularni shakllantirishga, ulardan foydalanishning o‘ziga 
xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Ilmiy doiralarda logistik tizimlarni makro-, mezo- 
va mikrologistik tizimlarga ajratishdan keng foydalaniladi [2, 3]. 

Yo‘l xo‘jaligi makrologistik tizimining chegaralari avtomobil yo‘llarini diagnozlash, loyihalash, 


qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va saklash ishlarni bajarish va shu bilan bog‘lanadigan 
moliyalashtirish, zaruriy resurslarni sotib olish, ularni omborlarga joylashtirish, saqlash va 
qurilish maydonlariga tashish, ob’ektlarda ishlarni amalga oshirish texnologiyalari va ularni 
tashkil qilish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va ularga haq to‘lashni o‘z ichiga oladigan 
investitsion sikl bilan belgilanadi. SHu bois yo‘l xo‘jaligining makrologistik tizimini avtomobil 
yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va tasarruf qilish jarayonida shakllangan logistik 
zanjirlarning tartibga solingan jamlanmasi sifatida taqdim qilish mumkin (1-rasm). 
Mintaqalar darajasida yo‘l xo‘jaligining mezologistik tizimlari shakllantiriladi, ular avtomobil 
yo‘llarining ma’lum bir uchastkalariga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlarni birlashtiradi. 
Mezologistik tizimlarning zvenolari bo‘lib mamlakatning alohida viloyatlari hududida avtomobil 
yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va saklash ishlarini bajarish bilan 
shug‘ullanadigan korxona va tashkilotlar hisoblanadi.
Ularning zvenolari yo‘l-qurilish korxonasining tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib hisoblanadigan 
logistik zanjirlar asosida yaratilgan logistik tizimlar mikrologistik tizimlarga kiradi. Mikrologistik 
tizim boshqa yuqoriroq toifadagi tizim tarkibiga kirishi mumkin. O‘z navbatida mikrologistik 
tizim ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradigan bir 
qator tagtizimlarga bo‘linadi. Har bir tagtizim korxonaning konkret ishlab chiqarish funksiyalarini, 
jumladan, ombor xo‘jaligini tashkil qilish, tashish, xizmatlar ko‘rsatish, axborot bilan ta’minlash 
va axborotga ishlov berish kabi funksiyalarni bajaradigan iqtisodiy, texnik va ishlab chiqarish 
xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Logistika ularni ishlab chiqarishning alohida qismlarining 
xarajatlarini emas, balki butun ishlab chiqarishning xarajatlarini minimallashtirishni ko‘zda 
tutadigan yagona maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan tizimga birlashtiradi.
Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni ishlab chiqish va yaratishning asosiy bosqichlarini aniqlab 
olamiz Ularning rivojlanishi 2-rasmda keltirilgan vazifalarning hal qilinishi bilan bog‘lanadi.

1. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirishning maqsadlarini belgilash va ularni 


optimal birlashtirish 
↓ 
2. O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi va uning tashqi muhitining holati va uni 
rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish 
↓ 
3. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirishning maqsadlari va vazifalarini uning 
salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish bilan aniqlashtirish
↓ 


4. Hisobga olinadigan omillar va ko‘rib chiqiladigan ob’ektlarning o‘zaro ta’sirlarini 
miqdoriy tadqiq qilish orqali bu maqsadlarga erishish yo‘llari va vositalarini aniqlash
↓ 
5. Ularga erishish maqsadlari va vositalarini moliyalashtirishning chegaralanganligini 
hisobga olish bilan resurslarga bo‘lgan ehtiyoj bilan o‘zaro bog‘lash 
6.1-rasm. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarini
rivojlantirish bosqichlari. 
Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirish mexanizmini shakllantirishning birinchi 
bosqichida tadqiqotning maqsadlari aniqlab olinadi, vazifalarni aniqlashtirish va ifodalash amalga 
oshiriladi. Bunda logistik tizimlarning faoliyat ko‘rsatishiga nisbatan ularni qurshab turuvchi 
tashqi muhit tomonidan ham, ichki muhit tomonidan ham qo‘yiladigan iqtisodiy, ijtimoiy, texnik 
talablarni hisobga olish zarur bo‘ladi. Bu talablar dunyoga keltiradigan ko‘plab mezonlarni 
ularning eng muhimlarini aniqlash uchun toifalash lozim bo‘ladi. Mikrologistik tizimlarning 
maqsadlari yo‘l xo‘jaligi makrologistik tizimining maqsadlariga zid bo‘lmasligi lozim, bu 
logistikada asos sifatida tizimli yondashuvdan foydalanish bilan shartlanadi.
Tanlangan maqsadga muvofiq o‘rganilayotgan tizimning holati va uni rivojlantirish 
tendensiyalarini tahlili amalga oshiriladi, bu jarayonda amaldagi logistik oqimlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari aniqlanadi. 
Mazkur bosqichda yo‘l xo‘jaligining faoliyati va uning tashqi muhitining barcha jabhalari 
o‘rganib chiqiladi, chunki tarmoqda tizimning optimal holatini barcha holatlar uchun yagona 
bo‘lgan baholash mezonini qullashning iloji yo‘q. 
Tahlil natijalari logistik tizimni rivojlantirish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga 
olish bilan tadqiqotning maqsadini aniqlashtirish imkonini beradi.
Yo‘l xo‘jaligi logistikasining logistik tizimlarni rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini ishlab 
chiqishda ularni hisobga olish zarur bo‘ladigan asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: 
- logistikaning yo‘l xo‘jaligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘lanishi; 
- tashqi muhit bilan logistik bog‘lanishlarni shakllantirish; 
- ob’ektlarni rekonstruksiyalash va ta’mirlashning optimal strategiyasini shakllantirish; 
- logistik oqimlarni tashkil qilish va ulardan foydalanishni optimallashtirish; 
- moddiy, transport va axborot logistik oqimlarini shakllantirish, harakatlantirish va ulardan 
foydalanishni takomillashtirish; 
- moliyaviy oqimlardan optimal foydalanishni ta’minlash; 
- logistik tizimlarning ishlashining samaradorligini ishonchli tarzda baholash. 


Logistik tizimning rivojlanish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni mavjud resurslar va imkoniyatlarni hisobga olish bilan tahlil qilish asosida 
qo‘yilgan maqsadga erishish variantlari ishlab chiqiladi amalga oshiriladi. So‘ngra mumkin 
bo‘lgan variantlar orasidan oldindan belgilangan mezon bo‘yicha optimal bo‘lgani tanlanadi. 
Mazkur holatda logistik yondashuv yo‘l loyihalarini yaratish va amalga oshirishning barcha 
bosqichlarini majmuaviy tarzda, tizimli pozitsiyadan turib qamrab olish imkonini beradi.
Xorij tajribasining ko‘rsatishicha, zamonaviy transport-logistik texnologiyalarining joriy qilinishi 
yakuniy mahsulotning narxida transport tarkib toptiruvchisining ulushini 10-12% gacha 
kamaytirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning transport-logistika xizmatlariga ketadigan umumiy 
xarajatlarini esa 10-30% gacha kamaytirish imkonini beradi. 
Yo‘l-logistika terminalining tarkibida yo‘l xo‘jaligi logistikasining masalalarini hal qilish uchun 
mo‘ljallangan modulni ko‘zda tutish zarur bo‘ladi. U yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishiga logistika 
tamoyillarini joriy qilish va logistik tizimlarni rivojlantirishga ko‘maklashishi lozim. Bunda yo‘l 
xo‘jaligi logistikasining logistik tizimlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini 
ishlab chiqishda asosiy bo‘lib hisoblanadigan quyidagi asosiy tamoyillariga amal qilish ko‘zda 
tutiladi: 
- logistikaning yo‘l xo‘jaligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘lanishi; 
- tashqi muhit bilan logistik bog‘lanishlarni shakllantirish; 
- ob’ektlarni rekonstruksiyalash va ta’mirlashning optimal strategiyasini shakllantirish; 
- logistik oqimlarni tashkil qilish va ulardan foydalanishni optimallashtirish; 
- moddiy, transport va axborot logistik oqimlarini shakllantirish, harakatlantirish va ulardan 
foydalanishni takomillashtirish; 
- moliyaviy oqimlardan optimal foydalanishni ta’minlash; 
- logistik tizimlarning ishlashi samaradorligini ishonchli tarzda baholash. 
SHu munosabat bilan logistika yo‘l qurilishi va yo‘llarni ta’mirlash ob’ektlariga materiallarni 
etkazib berish zanjirlarini shakllantirishga nisbatan integral yondashuvni talab qiladi. Moddiy 
oqimga logistik transport oqimi xizmat ko‘rsatadi. U berilgan logistik tizimga kiruvchi tashqi oqim 
bo‘lishi ham, faqatgina uning ichida faoliyat ko‘rsatadigan ichki oqim bo‘lishi ham, tashishlar 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladigan holatda chiquvchi oqim bo‘lishi ham mumkin. Bu moddiy 
oqimlarning hajmlari va nomenklatura tavsiflariga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘l xo‘jaligi mikrologistik 
tizimi uchun ichki logistik transport oqimining faoliyat ko‘rsatishi xarakterli bo‘ladi.
O‘zbekistondagi barcha yo‘l-qurilish tashkilotlari o‘zining transport vositalari parkiga ega, 
ularning soni, qoidaga ko‘ra, moddiy oqimlarga xizmat ko‘rsatish uchun etarli hisoblanadi. Biroq 
ishlab chiqarish hajmlari o‘sib borayotgan va bajariladigan ish turlari diapazoni kengayib 
borayotgan bir paytda qo‘shimcha transport vositalari va ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi 
tarkiblarga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday holda yo‘l xo‘jaligi mikrologistik tizimida unga kiruvchi 
logistik transport oqimi vujudga keladi, uni tashkil qilishda eng kamida ikkita variant bo‘lishi 
mumkin.
Birinchi variant turli logistik tizimlarning o‘zaro harakatlari bilan ajralib turadi. Ishlarni amalga 
oshirish loyihalarini ishlab chiqish va ishlarni tashkil qilishda yo‘l xo‘jaligi korxonalari moddiy 
va logistik transport oqimining miqdoriy parametrlarini aniqlaydi, ularni o‘zining resurslari bilan 
solishtiradi.
Agar tarkib topgan ichki logistik transport oqimi moddiy oqimga xizmat ko‘rsatishda logistik 
tizimning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, u holda tashqi aloqalar hisobiga uning 
quvvatini oshirish lozim bo‘ladi. Bunday holda berilgan tizimga uni qurshab turuvchi tashqi 


muhitdan kiradigan tashqi logistik transport oqimi shakllantiriladi. Transport xizmatlarining 
asosiy etkazib beruvchilari logistik transport tizimlari tarkibiga kiradigan avtomobil transporti 
firmalari hisoblanadi. Klassik variantda transport xizmatlarini etkazib beruvchi bilan transport 
xizmatlarining iste’molchisi o‘rtasida berilgan talabnomaga asosan shartnoma tuziladi, faqat 
shundan keyingina transport ishlarini bajarishga kirishiladi.
Tashqi logistik transport oqimini optimallashtirish uchun uni tashkil qilishning transport 
logistikasining tamoyillaridan foydalanadigan (3-rasm) ikkinchi variantga murojaat qilishga 
to‘g‘ri keladi.
Tashqi transport oqimini tashkil qilishning ikkala logistik sxemasini taqqoslaydigan bo‘lsak, u 
holda logistik transport tizimlari tarkibiga kiradigan avtotransport korxonasining xizmatlaridan 
foydalanadigan ikkinchi variantning afzal ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Tuziladigan logistik kelishuvdan keladigan foyda korxonalar tomonidan avtomobil transporti 
firmasining ishlashidan olinadigan samaralarning yig‘indisiga teng bo‘ladi: 
E
l
= E

+
E
2
+ E
3

E
4
+ E
5
, (1) 
bunda: E
l
– avtomobil transporti firmasining ishlashidan keladigan samara; 
E
1
- transport oqimining harakatini optimal harakatlanish traektoriyasini aniqlash hisobiga 
minimal xarajatlar bilan amalga oshirishdan keladigan samara; 
E
2
– bitta yoki bir nechta logistik sheriklarni optimal tanlashdan keladigan samara
E
3
- transport vositalarining ko‘proq foydali tiplarini tanlashdan keladigan samara; 
E

– moddiy oqimning sifat tavsiflarini ushlab turish talablariga to‘liq javob bera oladigan 
zamonaviy transport vositalaridan foydalanishdan keladigan samara; 
E
5
– transport oqimining harakat traektoriyasini operativ korrektirovkalash va uning 
ishonchliligini oshirishdan keladigan samara.
SHundan kelib chiqqan holda, korxonalar avtomobil transporti firmasining ishlashidan keladigan 
qo‘shimcha samaraga ega bo‘ladi. 
Tashish jarayonini rejalashtirish va optimallashtirishda makrologistik tizimga kiradigan barcha 
zvenolarning birgalikdagi ishi hisobga olinadi. Bu faoliyat ko‘rsatayotgan transport oqimining 
quvvatidan bo‘sh yo‘l bosish va bekor turib qolishlarni bartaraf qilish hisobiga maksimal 
foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, korxonalarning sheriklar qidirish va tashish 
jarayonini tashkil qilish bilan bog‘lanadigan xarajatlari qisqaradi.
Logistik yondashuvning iqtisodiyotga an’anaviy qarashdan tub farqi qiziqtiruvchi 
ob’ektlar faoliyatining barcha jabhalariga, ularning o‘zaro bog‘lanishlariga majmuaviy qarashdan, 
ularning o‘zaro harakatlari va yaxlitligidan iborat. Logistika dastagidan foydalanish yo‘l xo‘jaligi 
va uning ishlab chiqarish faoliyatining alohida elementlarining yaxlit tizim sifatida ishlash 
samaradorligini oshirish imkonini beradi. 


Yo‘l xo‘jaligi
mikrologistik tizimi


Logistik
transport tizimi 
- tashqi logistik transport oqimi; 
- ichki logistik transport oqimi;


- logistik axborot oqimi; 
- logistik moliyaviy oqim. 
6.2-rasm. Tashqi logistik transport oqimini tashkil qilishda logistik o‘zaro harakatlar sxemasi. 
Yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilishi sababli yo‘l xo‘jaligida 
logistik tizimlardan ularning tuzilish, faoliyat ko‘rsatish va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirlashish 
tamoyillariga mos ravishda shakllantirishga, ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlariga 
alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 
Yo‘l xo‘jaligining logistik tizimini avtomobil yo‘llarida ishlarni bajarish jarayonida shakllangan 
logistik zanjirlarning tartibga solingan jamlanmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Yo‘l 
xo‘jaligining logistik tizimlarini rivojlantirishning avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, 
ta’mirlash va tasarruf qilishni rejalashtirish va tashkil qilish, yo‘l logistika tizimining salohiyatiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, kapital qo‘yilmalardan maksimal iqtisodiy samara bilan 
optimal foydalanishdan iborat bo‘ladigan strategiyasini ishlab chiqish maqsadida yo‘l xo‘jaligi 
logistikasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish yo‘l-transport tizimining raqobat ustunliklarini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 

Download 269.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling