7-mavzu. Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati.


Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?


Download 97.5 Kb.
bet3/9
Sana13.01.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1091166
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 amaliy mashg\'ulot Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining

2. Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?
Ko‘chki - tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’siri ostida pastga siljishi.
Ko‘chkining ko‘p uchraydigan sabablaridan biri yonbag‘irning yuvilishi, yog‘ingarchilik ta’sirida namlanishi, zilzila yoki inson faoliyati (portlatish ishlari va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Ko‘chki hajmi o‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hollarda undan ham oshishi mumkin. Ko‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, soniyasiga bir necha metr bo‘lishi mumkin. Ko‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga to‘g‘ri keladi. Tuproq surilishi turar joy va ishlab chiqarish binolariga, muhandislik va yo‘l inshootlariga, magistral quvurlari va elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi va vayron qilishi bilan birga, odamlarga jarohat yetkazishi va qurbon bo‘lishlariga olib kelishi mumkin.
Ko‘chki vaqtida harakatlanish qoidalari:
Ko‘chki ehtimoli yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi signalni olgach, elektr asboblari, gaz va suv tarmog‘ini o‘chiring, avvaldan ishlab chikilgan rejaga asosan zudlik bilan o‘tkaziladigan evakuatsiyaga tayyorlaning. Ko‘chki joyi va tezligidan kelib chiqib harakat qiling. Ko‘chki surilishi sekin harakatlanayotgan bo‘lsa, imkoniyatdan kelib chiqib, xavfli hududda qolishi mumkin bo‘lgan binolarni tark eting, mebel, buyumlarni olib keting va h.k.
Ko‘chki tezligi bir kecha-kunduzda 0,5-1,0 m bo‘lsa, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq evakuatsiya tadbirlarini amalga oshiring. Evakuatsiya vaqtida o‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, sharoitdan kelib chiqib va ma’muriyat ko‘rsatmasiga binoan issiq kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlari oling. Xavfsiz joyga zudlik bilan ko‘chib o‘ting va zarurat bo‘lsa, qutqaruvchilarga ko‘maklashing.
Ko‘chki ro‘y berganidan so‘ng omon qolgan bino va inshootlar tekshirib chiqiladi, elektr, gaz va suv tarmoqlaridagi shikastlar aniqlanadi. Jarohatlanmagan bo‘lsangiz, qutqaruvchilar bilan birgalikda jabrlanganlarga ko‘maklashing va imkoniyat doirasida birinchi yordamni ko‘rsating.



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling