7-mavzu. Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati.


Download 97.5 Kb.
bet1/9
Sana13.01.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1091166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 amaliy mashg\'ulot Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining




7-mavzu. Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati. (amaliy mashg’ulot)
Reja:
1. Zilzilada aholining to’g’ri harakatlanish qoidalari.
2. Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?
3. Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?
4. Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?
5. Qor ko‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak?
6. Kuchli shamollar vaqtida qanday harakatlanish kerak?
7. Tog‘li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari.
8. Jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerak?


1. Zilzilada aholining to’g’ri harakatlanish qoidalari.
Zilzila - eng qo‘rqinchli va inshootlarni vayron qiluvchi tabiat hodisasi hisoblanadi. U yer sharining seysmik faol qismida vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi shunday seysmik faol hududlardan biri bo‘lib, ayrim tumanlarda zilzila kuchi 9 ballgacha yetadi.
Yer silkinishining kuchi 12 balli shkalada aniqlanadi. Yer yuzasida namoyon bo‘lishiga qarab zilzila quyidagicha izohlanadi:
1-3 balli - kuchsiz;
4-5 balli - sezilarli;
6-7 balli - kuchli;
8-10 balli - vayron qiluvchi;
11-12 balli - halokatli.
Zilzila ro‘y berganda insonlarda paydo bo‘lgan qo‘rquv uning hayot uchun xavfli harakatlar qilishiga olib kelishi mumkin. Seysmik faol hududlarda doimo yashaydigan yoki vaqtincha u yerda bo‘lgan aholi yer silkinganda oddiy ehtiyot choralarini bilishlari va ularni qo‘llashlari shart.
Yodingizda bo‘lsin, zilziladan avval, zilzila davrida va undan keyin o‘zini boshqara olgan inson, qo‘rquvni yengishi osonroq kechadi.
Zilzilada aholini muhofaza qilish chora tadbirlari:
1. Zilzila xavfi bo‘lganda binodan chiqish yo‘lini oldindan belgilab qo‘yish kerak. Yodingizda bo‘lsin - yer silkinishi yarim tunda ham yuz berishi mumkin. Chiqish yo‘llari, eshiklar odamlar bilan tirband bo‘lib, tashqariga tez chiqishni qiyinlashtiradi. Binoni tez tark etish birinchi qavat derazalari orqali ham amalga oshiriladi.
2. Uyingizdagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qo‘ying, bu - xonaning asosiy devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti bo‘lishi mumkin. Zilzilada uyning eng havfli joylari - ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
3. Oila a’zolari va bolalarga xavfsiz joyni egallashni o‘rgatish zarur.
4. Oilangiz a’zolari va o‘zingiz kvartirangizda, pod’ezdda, uyingizda gaz, elektr, suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz lozim.
5. Qariya, nogiron va bolalar xavfsizligini ta’minlash yo‘lini oldindan o‘ylab qo‘ying.
6. Xonalardagi shkaf, kitob javonlarni devorlarga mahkamlab qo‘ying. Uy jixozlarni uxlaydigan o‘rinlarga yiqilmaydigan holatda, eshik va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirish kerak.
7. Javonlar, shkaflar ustidagi og‘ir buyumlar qattiq mahkamlab qo‘yilishi yoki odam ustiga tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlar pastga yoki ishonchli joyga joylashtirilishi shart. Dam olish o‘rinlari derazadan, katta oynalardan, tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlardan uzoqroq bo‘lishi shart.
8. Javonlarni dam olish o‘rinlaridan, xonaga kirish eshigidan, rakovina va unitazlardan uzoqroq joyga o‘rnating.
9. Uyga kirish yo‘lini, yo‘laklarni, va zinapoyalarni buyumlar bilan to‘sib qo‘ymang.
10. Tez alangalanuvchi va o‘yuvchi suyuqliklar solingan idishlarni yer qimirlab, bino silkinganda tushib ketib, portlab yoki yonib ketmaydigan xavfsiz joyda saklang.
11. Jarohatlanganda, umuman har qanday xavf bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini o‘rganing. Doimo uyingizda dori-darmonlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qutichasini saqlang.
12. Garaj yoki dala hovli yerto‘lasidan yashirinish joyi sifatida foydalanish mumkin. U yerda ofat tugagunga qadar berkinish, oziq-ovqat zahirasini, kiyim-kechak va kerakli narsalarni saqlash mumkin. Shu bilan birga, qaltis qiyaliklar va ko‘chki xavfi bo‘lgan joylarda qurilgan uylar xavfli bo‘lishi mumkinligi yodingizda bo‘lsin.
13. Uyingiz xolatini tekshirib chiqing, uni mustahkamlash yo‘llarini aniqlang.
14. Uyingiz yoki ish joyingiz qishloqdagi aholi yashayotgan joylarda joylashgan bo‘lsa, xavfli jarayonlar, ya’ni sel kelishi, ko‘chki xavfi bo‘lgan tog‘ hududida, suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda ekanligini aniqlab, oila a’zolari va qo‘shnilar bilan birgalikda xavfsiz joyga chiqish yo‘llarini belgilab qo‘ying. Chunki yer silkinishi natijasida yer ko‘chkisi, o‘pirilishi, siljishi, tosh ko‘chkisi, yerning yorilishi, tuproq qatlamlarning cho‘kishi, tuproqning siqilib balchiqqa aylanish hollari yuz berishi mumkin.

Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling