7-Modul: Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


Tahlil tushunchasi quyidagi tasniflarga ega


Download 258.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi258.76 Kb.
#1335648
1   2   3
Bog'liq
c4aJSN9HJhblW0SlAXnh3VZL1BnQuyyBmca6JPBM

Tahlil tushunchasi quyidagi tasniflarga ega:
1. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa jihatlardan 
tekshirish, o‘rganish ishi;
2. Biror narsa, ma’lumot va shu kabilarni ma’lum nuqtai nazardan o‘rganish, 
baholash;
3. Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadqiq etish. 
O‘quv faoliyatini nazorat qilish doimiy, rejali bo‘lishi kerak. Uni shunday 
tashkil etish kerakki, u o‘qituvchilarda o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida ijobiy 
tashabbus, mas’uliyat, ta’lim oluvchilarga nisbatan ijobiy munosabat hamda o‘quv 
jarayoniga bo‘lgan javobgarlik hissini uyg‘otsin. Rahbar-nazoratchi o‘quv 
mashg‘ulotlarini tahlil etishda oldindan quyidagi tayyorgarlik bosqichlarini ko‘rishi 
zarur2:
1. O‘quv mashg‘ulotlariga kirishni rejalashtirish.


2. O‘quv mashg‘ulotlariga kirishning maqsadi va vazifalarini aniqlash.
3. O‘quv mashg‘ulotlarini nazorat va tahlil qilishga tayyorlanish.
4. O‘quv mashg‘ulotlariga kirish. 
5. O‘quv mashg‘ulotlari tahlilini reja asosida olib borish.
6. O‘quv mashg‘ulotlarini tahlil qilish uchun baholash mezonlarini oldindan ishlab 
chiqish.
7. Nazorat natijalaridan samarali foydalanish.
Ta’lim muassasasi rahbarlarining o‘quv mashg‘ulotlariga kirishlaridan 
quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi:
● o‘quv mashg‘ulotlari mazmunining o‘quv dasturiga muvofiqligi; 
● o‘rganilayotgan materialning ilmiy rejasi va uning g‘oyaviy yo‘nalganligi;
● o‘quv mashg‘ulotlarida didaktikaning asosiy tamoyillariga rioya qilinayotganligi;
● o‘quv mashg‘ulotlari turi o‘qitishning metodi, vositalari va shakllariga mos 
ravishda tanlanganligi;
● o‘quv mashg‘ulotlarining tarbiyaviy ahamiyati;
● o‘qituvchining shu fandan dars berishi va mazkur darsni olib borishiga 
tayyorgarligi;
● o‘quv mashg‘ulotlarining to‘g‘ri tashkil qilinganligi va baholanishi. 

Download 258.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling