7-Modul: Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
Download 258.76 Kb. Pdf ko'rish
|
c4aJSN9HJhblW0SlAXnh3VZL1BnQuyyBmca6JPBM
7-Modul: Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 8-2. Fan bo‘yicha ma’ruza, amaliyot trening va boshqa mashg‘ulotlarni tayyorlash va tahlil qilish. REJA: 1. Maktab dasturida mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish 2. Mashg‘ulotlarni tayyorlash va tahlil qilish usullari Tayanch iboralar: Fan bo‘yicha ma’ruza, amaliyot trening va mashg‘utlarga tayyorgarlik va tahlil qilish tartibi iboralari ishlatilgan. Ochiq dars va tahlil Prezidentimiz Sh.M.Mirziyeyovning barcha nutqlarida muammoga tizimli yondashish, tanqidiy tahlil, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, mavjud tizim samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqib sifat jihatidan zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan zamon talablariga mos kadrlarni tayyorlashga mas’ul bo‘lgan har bir shaxs, muammoga tizimli yondashishi, pedagogik va ilmiy faoliyatini tizimli tashkil etishi maqsadga muvofiq. Tizimli tahlil nisbatan yosh va ayni paytda, shiddat bilan rivojlanayotgan fan. Shiddat bilan rivojlanishining sababi ta’lim-tarbiyaga qo‘yilayotgan talablar ko‘lami ilm-fanga murakkab vazifalarni yechishga, tizimli loyihalarni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Tizimli tahlilning rivoji XX asr yarimida ilmiy-texnikaviy vazifalarning vujudga kelish bilan paydo bo‘ldi. Bunda asosiy o‘rinni murakkab obyektlarni tahlil etish, bilish va amaliy tadbiq etish jarayonlari egallaydi. Birinchi bor, butun borliq katta va kichik majmualardan iborat degan fikrni italiyalik faylasuf Zenon (m.avv..490-430) aytib ketgan. Uning fikricha, butun narsa bo‘lingach, ko‘plab birliklarga ega bo‘lamiz. Bu birliklarning har biri, o‘z navbatida yana birliklarga bo‘linadi. Bu jarayon cheksiz davom etaveradi. Tizimlarni tasniflash bir necha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Inson ishtirokida tashkil etilgan tizimlar sun’iy tizimlar, tabiatan mavjud bo‘lgan tizimlar esa tabiiy tizim deb ataladi. Sun’iy tizimni tahlil qilish tizimni tashkil etuvchi barcha komponentlarini tahlil qilishdan boshlanadi, ya’ni tizim qanday komponentlardan tashkil topgan, uning ichki va tashqi aloqalari qaysilar, bu tizim qaysi maqsadga yo‘naltirilgan, qayerda, qanday, nima uchun foydalaniladi. Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to‘plamidan tashkil topadi. O‘z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlardan asosiy o‘rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo‘lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Tashqi muhit bilan aloqasiga ko‘ra tizimlar yopiq tizim qattiq mustahkamlab qo‘yilgan chegaralarga ega. Uning harakatlari tizimni o‘rab turgan muhitdan nisbatan mustaqil. Soat yopiq tizimga misol bo‘la oladi. Soatda uning o‘zaro bog‘liq qismlari energiya manbayiga ulanishi bilanoq to‘xtovsiz va aniq harakat qilishni boshlaydi. Soatda to‘plangan energiya manbai mavjud ekan uning tizimi atrof-muhitdan mustaqildir. Ochiq tizim tashqi olam bilan o‘zaro bog‘liqligi bilan izohlanadi. Energiya, axborot, materiallar – bu tizimning chegarasi orqali tashqi dunyo bilan aloqa qilish obyektlaridir. Bunday tizim o‘zini-o‘zi ta’minlay olmaydi. U tashqaridan bo‘lgan energiya, axborot va materiallarga muhtoj. Bundan tashqari, ochiq tizim tashqi olamda yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatiga ega, aks holda u o‘z faoliyatini davom ettira olmaydi. Masalan siyosiy xukumat tizim sifatida ochiq bo‘lishi shart. Pedagogik faoliyatda tahlil alohida o‘rin tutadi. “Tahlil alohida ilmiy tayyorgarlikni, turli ilmiy uslublarni maqsadli tanlash va o‘rinli qo‘llash, o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha bilimga ega bo‘lishni talab etuvchi faoliyatning murakkab turidir”. Tahlil, murakkab tafakkur operatsiyasi hisoblanib, uning yordamida predmet va jarayonlar (hodisalar) aniq o‘lchov birligiga ega bo‘lgan usullar vositasida yaxlit tarzda yoki alohida qismlarini turli belgi va xususiyatlari bo‘yicha aloqadorlik darajasini belgilab beradi. Download 258.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling