7-nazariy mashg’ulot: Masala yechishda tayanch sxemadan fоydalanish. Masalaga teskari masala tuzish. Reja


Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo‘lish kerak


Download 289.65 Kb.
bet2/3
Sana24.04.2023
Hajmi289.65 Kb.
#1393660
1   2   3
Bog'liq
7-ma\'ruza mashg\'ulot

Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo‘lish kerak.

287. Piyoda 4 km/soat tezlik bilan 3 soat yo‘l yurdi. Piyoda qancha masofani bosib o‘tdi?

Agar harakat tezligi va vaqt ma’lum bo‘lsa, masofa qanday topiladi?
Yechish: 4+4+4=4*3=12
Javob: 12 km
Masofani topish uchun harakat tezligini vaqtga ko‘paytirish kerak.
293. Vertolyot 4 soat 200 km/soat tezlik bilan, 2 soat 230 km/soat tezlik bilan uchdi. U shu vaqt ichida qanday masofani uchib o‘tdi? Vertolyot dastlabki tezlik bilan necha kilometr ko‘p masofani uchib o‘tdi?
Yechish: 200*4=800 km 230*2=460 km Javob: Vertolyot shu vaqt ichida 800+460= 1260 km masofani uchib o‘tdi.
Yo‘lovchi avtobusda 90 km yo‘l yurdi. Agar avtobus 45 km/soat tezlik bilan yursa, yo‘lovchi necha soat yo‘lda bo‘lgan? Masalani jadvalga yozing va yeching:

45 2 90
Agar tezlik va masofa ma’lum bo‘lsa, vaqt qanday topiladi?
Harakat vaqtini topish uchun masofani tezlikka bo‘lish kerak.
294. Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 300 km ga teng. Agar poyezd 60 km/soat tezlik bilan yursa, u bu masofani qancha vaqtda bosib o‘tadi?
Yechish: 300:60= 5 soat
Javob: 5 soatda yo’lni bosib o’tadi.
295. Qayiq 6 soatda 66 km masofani suzib o‘tadi. Agar qayiqning tezligi 4 km/soatga kamaysa, u shu vaqt ichida necha kilometr masofani o‘tadi?
Yechish: Qayiq tezligi 66:6=11 km/soat U 4 soatda 11*4=44 km yo’l bosadi.
Javob: 44 km.
298. Tuya 4 kunda 80 km yo‘l yurdi. Tuya qanday tezlik bilan yurgan?
Berilgan masalaga teskari masalalar tuzing, ularni jadvalga yozing va yeching:


  1. Tuyaning bir kundagi tezligi 80:4=20 km

  2. Tuya bir kunda 20 km yo’l bossa, u 80 km masofani necha kunda bosib o’tadi? Yechish: 80:20=4 Javob: 4 kun

  3. Tuya bir kunda 20km masofani bosib o’tsa, u 4 kunda necha km masofani bosib o’tadi? Yechish 20*4=80 Javob: 80km

299. Chavandoz 3 soatda 36 km, „Spark“ avtomobili esa 2 soatda 120 km masofani bosib o‘tdi.
1) „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan qancha ortiq?
2) „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan necha marta ortiq?
Yeching: “Spark” tezligi 120:2= 60 km/soat
Chavondozning tezligi 36:3=12 km/soat
Javob: „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan 60-12=48 km/soat ortiq.
310. Jadval bo‘yicha masala tuzing va uni yeching:

Masala matni: Velosipedchi tezligi 15km/soat bo’lsa, u 45 km masofani qancha vaqtda bosib o’tadi. Xuddi shu vaqtda chavandoz 12 km/soat tezlik bilan qancha masofani bosib o’tadi?
Yechish: 45:15=3 soat 12*3=36 km Javob: 36km
Malakaviy ish bo’yicha tajriba-sinov ishlari Rishton tumanidagi 4-maktabda o’tkazilgan bo’lib, shu asosda xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ulardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Teskari masala haqida
Har qanday sodda masalaga doyr ikkita teskari masala tuzish mumkin, ya’ni ikkita shunday masata tuzish mumkin-ki, ularning Har biriga usha syujet buyicha izlanayotganson berilgan sonlardan biri sifatida, izlanayotgan sonsifatida esa tugri masala shartidan ma’lum bulgan son qatnashadi. Masalan, «Xovlida 5 ta qiz o’ynayotgan edi. Ularning ikkitasi uyiga ketdi. Xovlida nechta qiz qoldi?»
masalaga ikkita teskari masala tuzish mumkin. Birin-chisi: «hovlida bir nechta kiz uynayotgan edi. 2 ta kiz uyigaketganidan keyin xovlida 3 ta kiz koldi. Oldin xovlidanechta kiz uynayotgan edi?». Ikkinchisi: « hovlida 5 ta qizuynayotgan edi. Bir nechta kiz uyiga ketganidan keyin
hovlida 3 ta qiz qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?» Bu masala berilgan birinchi masalaga nisbatan, shuningdek ikkinchi masalaga nisbatan xam teskari masaladir. Ammo birinchi masalani xam ikkinchi va uchinchi masalalarga nisbatan teskari masala sifatida qarash mumkin. Bundan tashkari, sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar ajratiladi. Masalan, quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi: «Stol ustida 7 ta qalam bor. Bular qutidagi qalamlardan 4 ta ortiq. Qutida nechta qalam bor?». Bu masala shartida «ortiq»
deyilgan, masala esa ayirish bilan yechiladi ( 7 —4 = 3 ) .
Har bir masala 2-qismdan iborat bo’ladi:
1.Sart
2.Savol
Hisoblab topiladigan qismi “savol” deyiladi.Masalani yechish jarayonida “yechim” va “javob” qismlari ham o’rganiladi.Quyidagi masalani yechish orqali o’rganamiz:
1-masala :
Hovlida 13 ta gul ochilgan edi.Nazira 5 dona uzib guldasta tuzdi.va buvisiga sovg’a qildi.Hovlida yana nechta gul qoldi?
Bu masalada 13 va 5 sonlai ma’lum bo’lgani uchun masalaning sharti bo’ladi. Hovlida nechta gul qoldi gul qolganligi noma’lun bo’lgani uchun savol qismi hisoblanadi.Masala savoliga javob topish uchun bajariladigan hisoblash yechim Bo’ladi, ya’ni 13-5=8 –bu yechim. Shundan keyin masala savoliga “Hovlida 8 ta gul qoldi ” deb javob beriladi. Bu masalada hammasi bo’lib 3 ta son qatnashyapti.13 va 5 ma’lum sonlari va 8-hisoblab topilgan son. Bu son oldin noma’lum edi.
Agar masaladagi ma’lum sonlardan biri noma’lum son bilan o’rin almashtirilsa, uholda berilgan masalaga teskari masala hosil bo’ladi.
Masalan,

Download 289.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling